So’nggi yangiliklar

09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  0 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  4 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  1 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  0 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  4 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  3 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  5 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  7 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  31 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  3

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (10-1-o'rinlar) Yangiliklar

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (10-1-o'rinlar)

Teglar :  Reyting
"Goal" nashri dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari reytingini tuzib chiqdi.


10. TIMOTI TILLMAN

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 4 yanvar, Germaniya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Bavariya" (Germaniya)

Tillmann - o'z yoshida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. "Barselona" u bilan shartnoma imzolashga harakat qildi, biroq "Bavariya" uni "Groyter Fyort" jamoasidan 500 ming evro evaziga sotib oldi. U hali Bundesligada maydonga tushmadi, biroq jamoaning ikkinchi tarkibida ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Timotining otasi amerikalik. SHu boisdan AQSHdagilar uni o'z termalariga jalb etishni o'ylashmoqda.


9. FERRAN TORRES

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 29 fevral, Ispaniya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Valensiya" (Ispaniya)

6 yoshidan buyon "Valensiya"da. Ayni damda u jamoa bosh murabbiyi Marselinoning ishonchiga kira olgan. Torres bu mavsumda 6 uchrashuvda maydonga tushdi. Uning o'yinlariga "Barselona" va "Real" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ikki klub ham futbolchi uchun 25 mln evrodan voz kechishga tayyorligini bildirishgan.


8. TIMOTI VEA

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 22 fevral, AQSH
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: PSJ (Franciya)

Liberiya prezidentining farzandi yuqori iqtidorga ega. U yaqindagina PSJ bilan shartnoma imzoladi. Yangi jamoasi bilan ilk uchrashuvini ham o'tkazishga ulgurdi. Biroq u ikkinchi tarkib bilan o'yinlarda qatnashmoqda va ikkita gol kiritdi. SHuningdek, u AQSH terma jamoasi safida Paragvayga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishga ham erishdi. Yuqori iqtidor sohibi, 17 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi jahon chempionatida xet-trik qayd etgan.


7. BEN VUDBERN

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 15 oktyabr, Angliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Liverpul" (Angliya)

Ben o'tgan mavsumda "Liverpul"ning yoshlar jamoasi tarkibida ketma ket gollar kiritgani uchun asosiy tarkib bilan bir necha uchrashuvlarda qatnashdi. Bu mavsumda esa u Stiven Jerard boshqaruvidagi jamoaning 23 yoshgacha bo'lgan tarkibida 8 o'yinda qatnashib, 2 gol kiritdi. U o'tgan yili Uels termasi safidagi debyut o'yinida Avstriya darvozasini ishg'ol etdi.


6. DAN-AKSEL ZAGADU

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 3 iyun, Franciya
Poziciyasi: Himoyachi
Jamoasi: "Borussiya" D (Germaniya)

Zagadu o'tgan mavsumni PSJning ikkinchi tarkibida o'tkazdi. O'tgan yozda esa u "Borussiya" safiga ko'chib o'tdi. 18 yoshida Franciyaning 19 yoshlilar termasida o'ynadi. 196 sm bo'yi bor himoyachi bu mavsumda Bundesligada 11 o'yin o'tkazib, 1 gol kiritdi.


5. FIL FODEN

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 28 may, Angliya
Poziciyasi: Yarim himoyachi
Jamoasi: "Manchester Siti" (Angliya)

"Manchester Siti"ning ikkinchi jamoasidagi o'yinlarini ko'rgan "Barselona" uni sotib olish harakatida bo'lib yuribdi. U mavsum boshlanishidan oldin "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda "shaharliklar" tarkibida debyut qildi. SHuningdek, Angliya termasining 17 yoshlilar o'rtasida jahon chempioni bo'lishida katta hissa qo'shdi.


4. MATTEYS DE LIGT

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 12 avgust, Gollandiya
Poziciyasi: Himoyachi
Jamoasi: "Ayaks" (Gollandiya)

De Ligtning termadagi debyuti Bolgariya termasiga qarshi bo'lib o'tgandi. Unda tug'ma etakchilik qobiliyati bor. 18 yoshligidayoq Erediviziyada 27 uchrashuv o'tkazib, 3 gol kiritdi. O'tgan mavsumda esa 11 bahsda maydonga tushdi. Ishonchli o'yinlari natijasida "Barselona" keyingi yozda uni transfer qilishni rejalashtirmoqda.



3. VINISIUS JUNIOR

Tug'ilgan yili va joyi: 2000 yil 12 iyul, Braziliya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Flamengo" (Braziliya)

daho futbolchilar toifasiga kiritishmoqda. U bilan "Real" allaqachon kelishib qo'ygan va 18 yoshga to'lishi bilan shartnoma imzolaydi. Vinisius o'tgan mavsumdayoq jamoaning muhim futbolchisiga aylanib bo'lgandi. SHu boisdan uning o'yinlari "Real"ga yoqdi va o'ziga jalb etdi. Uning transfer narxi 45 mln evroga teng.


2. JANLUIJJI DONNARUMMA

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 25 fevral, Italiya
Poziciyasi: Darvozabon
Jamoasi: "Milan" (Italiya)

3 mavsumdan buyon "Milan" tarkibida ishonchli o'yin namoyish etmoqda. O'tgan mavsumda to'liq 38 uchrashuvda maydonga tushgan. O'tgan yili Ispaniya termasiga qarshi uchrashuvda milliy jamoada debyut qildi. SHak-shubhasiz, termada Buffon ketsa, uning o'rnida munosib voris bor.


1. JASTIN KLYUYVERT

Tug'ilgan yili va joyi: 1999 yil 5 may, Gollandiya
Poziciyasi: Hujumchi
Jamoasi: "Ayaks" (Gollandiya)

Super texnika sohibi yaqindagina "Barselona"ga o'tish istagi borligini aytgandi. O'z o'yinlari bilan barchaning olqishlariga sazovor bo'layotgan futbolchi "Ayaks" bilan 2019 yilga qadar shartnoma imzolagan. Biroq yozda u boshqa jamoa tarkibiga borib qo'shilish ehtimoli juda yuqori.

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (50-41-o'rinlar)

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (40-31-o'rinlar)

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (30-21-o'rinlar)

Dunyoning eng kuchli yosh futbolchilari TOP-50 (20-11-o'rinlar)

PS: Ushbu ro'yxatga 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar kiritilgan.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика