So’nggi yangiliklar

23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  30 22:55Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ал Ҳилол". Таркиблар аниқ!  23 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  12 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  1 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   11 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  3 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  13

"Dubai Cup" turniri, Jaloliddinov va Yo'ldoshevning holati va Katanec bilan muhokama qilingan mavzu - Timur Kapadze Yangiliklar

"Dubai Cup" turniri, Jaloliddinov va Yo'ldoshevning holati va Katanec bilan muhokama qilingan mavzu - Timur Kapadze

FIFA kunlari boshlangach bor etibor yig'in olib borayotgan terma jamoalarga qaratiladi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi 18 mart kunidan boshlab navbatdagi yig'inga kirishdi. Vakillarimiz 22 martga qadar Toshkentda shug'ullanishadi va BAAga yo'l olishadi. 

Boshlangan yig'in, tarkibga chaqirilgan futbolchilar va boshqa mavzu yuzasidan bosh murabbiy Timur Kapadzega yuzlandik. Dastlab esa yig'in haqidagi fikrlarini tingladik. 

- 18 martdan yig'inga kirishdik. "Dubai Cup"  biz uchun juda yaxshi turnir. Musobaqada bir-biriga munosib jamoalar qatnashadi. Saudiya Arabistoni, BAA va uchinchi raqib keyin ikkita bahsga qarab malum bo'ladi. Saudiya Arabistoni bilan oxirgi marotaba Toshkentdagi Osiyo chempionati saralashida to'qnash kelganmiz. Tayyorgarligimiz ko'ngildagidek ketmoqda. Ro'yxatdagilarning barchasi sog'-salomat. Bizni tashvishlantirayotgan jihatlar yo'q. 

- Bu safargi yig'inga legionerlardan Jasur Jaloliddinov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev chaqirilganini ko'rishimiz mumkin. Ibrohimhalil yaxshi formada ekanligi malum. Lekin Jasurda "Qayrat"ga moslashish jarayoni ketmoqda. Bu borada uning chaqirilishi to'g'rimidi?

- To'g'ri. Jasur endi endi o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Uni juda yaxshi bilamiz. Jismoniy holati yaxshi ekanligi ko'rinib turibdi. O'zi bilan ham gaplashdik. Barchasi professional darajada. Qurbon Berdiev bunga juda jiddiy qaraydi. Ibrohimhalil qolaversa Husayin Norchaev, Xojimat Erkinov borasida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan gaplashdim. Buni muhokama qildik. Katanec yuqoridagi futbolchilarni yaxshi bilishini va terma jamoaga chaqiraverishimni aytdi. Ularning o'rnida boshqa futbolchilarni ko'rmoqchi ekan. SHunday vaziyat yuz berganidan xursandmiz. Bu barchamiz uchun foydali. Yaxshi futbolchilar chiqib kelyapti. Ularni kuzatyapmiz. 

- "Olimpik" klubi azolarining ruhiyati hozirda qanday? CHunki jamoa Superligada hali g'alaba qozongani yo'q. Ikkita durang va mag'lubiyat qayd etildi...

- Men bundan xavotirda emasman. Futbolchilar katta o'yinlarda tajriba to'plashmoqda. G'alabalar ham keladi. Uchta o'yinda g'alabaga yaqin edik. Boz ustiga 90 foiz futbolchilarim Superligada debyut qildi. O'yindan o'yinga yanada kuchayib boramiz. Kuchli jamoalar bilan o'yinlarda kamchiliklarimiz ko'rinmoqda. Bizga shu kerak. O'zlariga bo'lgan ishonch ortyapti. 

- Tarkibda jarohatlanganlar yo'qmi? Deylik Behzod SHamsiev hali to'liq safga qaytmagan...

- Mazkur tomondan muammo yo'q. SHamsiev umumiy guruhga qaytib shug'ullanyapti. Uning salohiyatini bilamiz. Har bir futbolchi o'zini ko'rsatyapti. 

- Superliganing dastlabki 3ta turidan qanday taassurotlar qoldi? Sizni ajablantirgan jihatlar bo'ldimi? Misol uchun ko'p jamoalarda uslublar o'zgarmoqda...

- Birinchi turda "Surxon" bilan o'ynadik.Ispaniyalik murabbiylar odatda pas bilan kombinacion uslubni tadbiq qilishadi. Lekin kuchga asoslangan futbol o'ynashmoqda. Bu ham bir taktika. Demak murabbiyning qarashi shunday. Biz uchun qiziq bo'ldi. Ajablantirgan jihat ko'zga tashlanmadi. Jamoalarimiz ko'proq pas orqali kombinacion o'ynashlarini istardim. Jamoalarda kuchli futbolchilar bor. Ular bunday o'ynashni bilishadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика