"Dubai Cup-2022". O'zbekiston U-23 keyingi o'yinni kimga qarshi o'tkazishi malum
27 mar 2022 18:19
Yangiliklar


"Dubai Cup-2022". O'zbekiston U-23 keyingi o'yinni kimga qarshi o'tkazishi malum
Xabaringiz bor, ayni paytda Dubay shahrida xalqaro "Dubai Cup" musobaqasi davom etmoqda.
Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi dastlab Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida yutqazdi, kecha esa vakillarimiz BAA bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.
Navbatdagi o'yinni olimpiyachilarimiz 29 mart kuni Vetnamga qarshi o'tkazishadi. Mazkur bahs soat 17:00da "Al Avir" stadionida boshlanadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar