Drogbaning fikricha, Mbappe PSJga "Bavariya"ni mag'lub etishda yordam bera oladi
22 fev 2023 21:46
Yangiliklar


Drogbaning fikricha, Mbappe PSJga "Bavariya"ni mag'lub etishda yordam bera oladi
"CHelsi"ning sobiq hujumchisi Dide Drogba PSJ yulduzi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.
"Ishonamanki, Mbappe hozirda dunyodagi eng barqaror hujumchisi sanaladi. U PSJga CHempionlar ligasida "Bavariya" to'sig'idan o'tishida yordam bera oladi", - dedi Drogba.
Eslatib o'tamiz, CHempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o'yinida PSJ o'z maydonida "Bavariya"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Javob o'yini 9 martga o'tar kechasi 01:00 da bo'lib o'tadi.
24 yoshli Mbappe joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
05:02
Klublar o'rtasidagi JCH. “Bavariya“ chorak finalda. Bizni chorak finalda dahshat uchrashuv kutmoqda 9

Fikrlar