Drogba Keynga: "Sen hujumchilar uchun namunasan"
12 dek 2022 12:43
Yangiliklar


Drogba Keynga: "Sen hujumchilar uchun namunasan"
Kot-d'Ivuar terma jamoasi sobiq hujumchisi Dide Drogba JCH-2022 chorak finalida Angliya terma jamoasi forvardi Harri Keyn tomonidan amalga oshirilgan penalti haqida fikr bildirdi
Keyn Franciya bilan 1/4 finalda (1:2) bitta penaltini golga aylantirdi, ammo 1:2 hisobi paytida 2-taymda ikkinchi golni urolmadi.
"Og'riqli jarayon, lekin sen haqiqiy sardor va etakchisan. Ushbu Jahon chempionatidagi o'yinlaring menga juda yoqdi. Sen hujumchilarga namunasan: gol urasan, assistentlik qilasan, etakchilik qobiliyatingni namoyish etasan! Buni engish uchun vaqt kerak bo'ladi, lekin bu seni kuchliroq qiladi", – dedi Drogba ijtimoiy tarmoqlarda.
13 dekabr kuni Argentina yarim finalda Xorvatiya bilan, 14 dekabr kuni esa Franciya Marokash bilan bahs olib boradi. JCH-2022 finali 18 dekabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar