Dramatik kechgan bahsda g'olib nomi aniqlanmadi
23 iyu 2014 05:00
Yangiliklar
Dramatik kechgan bahsda g'olib nomi aniqlanmadi
Jahon chempionatida oddiy yoki kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. Bu aniq. Lekin kuchli jamoalarning bir qator kutilmagan natijalari va autsayder hisoblangan terma jamoalarning muvaffaqiyatli o'yinlari shu qadar ko'pki qaysini etirof etishni bilmaysiz. Hali mundialning endigina 2-tur o'yinlariga yakun yasaldi. Oldinda eng muhim pallalar va hal qiluvchi bahslar bizni kutib turibdi.
"G" guruhidan o'rin olgan Portugaliya va AQSH jamoalari ikkinchi turda o'zaro bahs olib borishdi. Portugaliya ilk turda Germaniyaga yirik hisobda taslib bo'lgandi. AQSH esa Gana ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritgandi.
AQSHdan farqli ularoq, Portugaliyani faqat va faqat g'alaba qanoatlantirardi. AQSH g'alaba qozongudek bo'lsa, muddatidan avval keyingi bosqich yo'llanmasini hal etardi.
Uchrashuv debyutidayoq AQSHlik himoyachining xatosidan Nani unumli foydalandi va hisobni ochishga erishdi, 0:1.
Birinchi bo'limda biroz ustunlikka erishgan Portugaliya tanaffusga g'olib holda chiqib ketdi.
Ikkinchi taym esa AQSH o'yini yanada kuchaytirildi va o'yinning 64-daqiqasiga kelb Jonsning uzoqdan yo'llagan zarbasi to'g'ridan-to'g'ri raqib darvozasidan o'rin oldi, 1:1.
Bu hisob Portugaliyani qoniqtirmasligi bois, jamoa asosiy etiborni hujumga qaratishga majbur bo'ldi. Zaxiradan hujumkor yarim himoyachi Varela tushirildi. Lekin Tim Xovard darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyatlar soni kamchilikni tashkil etardi.
81- daqiqada Portugaliyaga gol kerak bo'lib turgan bir vaziyatda, Klint Dempsi AQSH foydasiga gol kiritdi va jamoasi hisobda oldinga olib chiqdi, 2:1.
Voqealar rivoji bunday tus olishini kutmagan Portugaliya jamoasi bor diqqat-etiborini yana oldinga qaratdi. Krishtiano Ronaldo, Nani, Varela, Eder kabi futbolchilarni AQSH himoyachilari bekitib qo'ya olishayotgan edi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan so'nggi daqiqa o'tib borayotgan bir paytda Krishiano Ronaldo o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichida turgan Varela tomon uzatdi. O'z "o'lja"sini kutib turgan Varela bu vaziyatda aniq harakat qilib, boshi bilan to'pni Tim Xovard darvozasiga joylab qo'ydi, 2:2.
Portugaliya uchun qoniqarli natija bo'lmasada, Varelaning ushbu goli ularni biroz bo'lsada umid uchqunlarini olib qoldi va mundialni erta tark etishlariga "so'roq" belgisini qo'ya oldi.
"G guruhining ikki etakchi jamoasi Germaniya va AQSH hisobida to'rttadan ochko bo'lsa, Gana va Portugaliya aktivida bitta ochko bor. So'nggi hal qiluvchi turda Gana va Portugaliya, Germaniya va AQSH terma jamoalari kuch sinashishadi.
Aynan shu uchrashuvlardan so'ng, qaysi jamoa keyingi bosqichga yo'l olishi oydinlashadi.
JCH-2014. “G” guruhi. 2-tur
AQSH - PORTUGALIYA 2:2
Manaus. “Amazoniya” stadioni.
Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)
Gollar: Nani (5), Jons (64), Dempsi (81), Varela (90)
AQSH: Xovard, Bredli, Besler, Bisli, Dempsi (Vondolovski, 88), Bedoya (Yedlin, 72), Jons, Bekerman, Zusi (Gonzales, 90), Kamerun, Jonson.
Portugaliya: Beto, Bruno Alvesh, Velozo, Ronaldo, Moutino, Kosta, Meyrelesh (Varela, 69), Nani, Almeyda (Karvalo, 46), Pereyra, Poshtiga (Eder, 16).Ogohlantirish: Jons (76)
Fikrlar