Dragan CHeran Superligada ushbu mavsumdagi ilk pokerni qayd etdi
18 okt 2022 23:17
Yangiliklar


Dragan CHeran Superligada ushbu mavsumdagi ilk pokerni qayd etdi
Ushbu mavsum chempionatimizda hali xet-trik ham qayd etilmagandi.
Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "Paxtakor" – "Qo'qon-1912" (5:2) uchrashuvida "Paxtakor" futbolchisi Dragan CHeran "Qo'qon-1912" darvozasiga to'rtta to'p kiritdi. CHeran qayd etgan bu natija Superligada ushbu mavsumdagi birinchi poker hisoblanadi. Qiziq tomoni shundaki, ushbu mavsum chempionatimizda biror bir futbolchi xet-trik ham qayd etgani yo'q.
Bugungi o'yinda to'rtta to'p kiritgan Dragan CHeran to'purarlar poygasida ham birinchi o'ringa o'tib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar