"Nasaf"ga o'tayotgan CHeran va Xebay uchrashishdi
18 jan 2025 11:50
Yangiliklar
"Nasaf"ga o'tayotgan CHeran va Xebay uchrashishdi
Amaldagi chempion "Nasaf" safiga o'tishi kutilayotgan Dragan CHeran va Rubin Xebaylar uchrashishdi.
Avvalroq xabar berganimizdek, Superliganing eng yaxshi to'purari Dragan CHeran va "Andijon" sobiq futbolchisi Rubin Xebay "ajdarlar" bilan shartnoma imzolashga yaqin. Kuni kecha esa, Dragan CHeran o'z Instagram sahifasida Xebay bilan birga tushilgan selfini joyladi va "Soon"(Tez orada) deya izoh qoldirdi. Katta ehtimol bilan ikki hujumchi ham tez orada "Nasaf" futbolchisiga aylangani rasman elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, mavsum yakuniga ko'ra chempionatimizning eng yaxshi to'purari "Paxtakor"ni tark etgandi, albaniyalik hujumchining so'nggi klubi esa Tunisning "Sfaksen" jamoasi edi.

Eshitdik-da! Superliga klublaridan biri Rubin Hebayni O'zbekistonga qaytarmoqchi
Havola :
Manba : https://www.instagram.com/draganceran?igsh=dHJ4YXduN3RqaHpz
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar