Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limda o'zimizni ko'rsata olmadik"
09 fev 22:30
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi bo'limda o'zimizni ko'rsata olmadik"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning "Eng yaxshi futbolchisi" Murodbek Rahmatov ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugungi bahs shuni ko'rsatdiki, raqibda o'yin amaliyoti borligi ko'rinib turdi. Chunki Iroqda milliy chempionat davom etyapti, bizda esa hali mavsum boshlangani yo'q. Bu esa o'yin natijasiga o'z tasirini ko'rsatdi. Gol urganimizdan keyin ham vaziyatlar bo'ldi, agar foydalanganimizda g'alaba qozongan bo'lardik. Tan olish kerak, raqib jamoa ham yaxshi harakat qildi.
Murodbek Rahmatov:
- Bugun kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Qiyin o'yin o'tkazdik, g'alaba uchun maydonga tushgandik, lekin durang qayd etdik. Nasib qilsa, keyingi bellashuvlarda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilamiz.
- Bosh murabbiyga savol: Bugun "Nasaf" Elit OCHLdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritishi mumkin edi. Yutuqni saqlab qolish uchun nima etishmadi?
- Bunga bir nechta sabablarni keltirishim mumkin. Ikkinchi bo'limda birmuncha o'zimizni ko'rsata olmadik. Natijada kamroq vaziyatlar yuzaga keldi. Himoya bilan ovora bo'lib qoldik. Raqib gol urib olgach ham bizda vaziyat kam bo'ldi. Albatta, o'yinni to'liq ko'rib chiqqach xatolarni tahlil qilamiz.
- Bugun jamoangiz Farg'onadagi stadionda o'ynadi.
- Buning uchun avvalo viloyat hokimi Xayrullo Bozorovga alohida minnatdorchilik bildiramiz. Qolaversa farg'onalik muxlislarga ham katta rahmat. Ular bizni ajoyib tarzda qo'llab turishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Суперлига. Перица дублга эришган баҳсда "Нефтчи" йирик ҳисобдаги ғалабани тантана қилди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar