So’nggi yangiliklar

22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  598 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  0 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  1 20:28ЦСКА — "Крилья Советов". Файзуллаев захирада  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  138 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. Бугун "Интер", "Милан" ва "Аталанта" ўйнайди  0 20:00Бундеслига. Бугун "Байер", "Боруссия" ва "Айнтрахт" ўйнайди  0 19:58АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" ғалабага эришди, "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Вулверхэмптон"га мағлуб бўлди  20 19:55Суперлига. ОКМК ўз майдонида камбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  17 19:16"Лестер" — "Ливерпуль". Диас, Салоҳ ва Варди асосий таркибда  2 18:57ҚПЛ. Мухторовнинг 83-дақиқада урган голи "Турон"ни "Астана"га қарши ўйинда мағлубиятдан асраб қолди  0 18:22Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим этди, "темирйўлчилар"да 3 та ўйинда 3 та ғалаба  1

Doston Tursunov: "Karles Puyolning o'yinlariga havas qilardim" Yangiliklar

Doston Tursunov: "Karles Puyolning o'yinlariga havas qilardim"

“Qo'qon-1912” himoyachisi Doston Tursunov uchun bu yilgi mavsum oldingilaridan tubdan farq qilmoqda.

Qishda “Neftchi”dan Qo'qon klubiga o'tgan futbolchi oliy ligada muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lib bormoqda. Qo'qonlik muxlislar talab istagiga ko'ra biz O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Osiyo va Jahon chempionatida, Olimpiya terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo chempionatida ishtirok etib kelgan himoyachi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida tug'ilganman, - deb gap boshladi Doston Tursunov. Juda kichkinaligimdanoq futbolga oshno tutinganman. O'rtoqlarim bilan birga stadiondan beri kelmasdik.

- Futbolga qanday kirib kelgansiz?
- Maktablar o'rtasida futbol musobqaqasi bo'lib o'tgan. O'shanda meni Farg'ona futbol internatiga taklif qilishgandi. Balki o'zimdan yaxshi taassurot qoldirgandirman, kim biladi. SHunday qilib internatda o'qishni boshlaganman.

- Birinchi murabbiy kim bo'lgan?
- Futboldagi birinchi murabbiylarim Ikrom Sobirov va Tillo Mirzaev hisoblanadi. Aynan shu murabbiylar meni futbolchi bo'lib etishishimda o'zlarining katta xissalarini qo'shishgan.


- Internatda qaysi kimlar bilan birga o'qigansiz?
- Ko'p qobiliyatli futbolchilar bilan birga tahsil olganman. Ular orasida Akrom Komilovni aytishim mumkin. Akrom 1996 yillar safida, men 1995 yillar safida o'ynardim. SHunday bo'lsa ham ko'p vaqtimizni birga o'tkazardik.  

- Futbolchilikni himoyada boshlaganmisiz?
- Ko'chada o'ynaganimizda asosan hujumda o'ynab gol urishga urinardim. Lekin internatda murabbiylar himoyada o'ynatishgan. O'zimga ham himoyada o'ynash yoqib qolgan. Raqibning hujumini qaytarish sevimli mashg'ulotim.

- Qaysi payt professional futbolchi bo'lganingizni his qilgansiz?
- 17 yoshimda "Neftchi" klubiga borganman. Aynan o'shanda futbolchi bo'lganimni his qila boshlaganman.

- "Neftchi"ga kim taklif qilgan?
- 2012 yilda "Neftchi" murabbiylaridan biri Asad Do'rmonov menga Farg'onaning bosh klubida o'ynashni taklif qilgandi. Men o'ylab o'tirmay bunga darhol rozi bo'lganman. Sababi "Neftchi" nafaqat O'zbekistonda balki Osiyo ham o'z o'rniga ega bo'lgan klub hisoblanadi.

- Lekin "Neftchi"da asosan yoshlar ligasida o'ynadingiz...
- 2013 yilda "Neftchi" jamoasi meni oliy ligada o'ynash uchun ro'yxatdan o'tkazdi. Ikki yil davomida yoshlar ligasida o'z tajribamni oshirib bordim. 2015 yil oliy liganing 2-turida Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda debyutimni nishonlaganman.

- Hozirgacha qaysi murabbiylar bilan birga ishlagansiz?
- Professional futbolda Asad Do'rmonov, Sergey lushan, Ravshan Haydarov, Murod Ismoilov kabi tajribali murabbiylar bilan ishlashga ulgurdim. Harbir murabbiyning o'z uslubi bor. Oliy ligada debyut qilishimga zamin yaratib bergan Murod Ismoilovdan juda ham minnatdorman.


- Qiziq holat o'tgan yil ham Murod Ismoilov qo'l ostida "Neftchi"da o'ynadingiz. Lekin oliy ligada ikkita uchrashuvda maydonga tushdingiz. Bu yil ham Ismoilov qo'l ostida "Qo'qon-1912" safida oliy ligada deyarli barcha o'yinlarda ishtirok etayapsiz. Bunga nima sabab?
- To'g'risi bilmayman. Menimcha "Neftchi"da himoya chizig'ida raqobat juda kuchli edi. Bundan tashqari o'tgan yil yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgandim. Terma jamoa safida yig'inlarda qatnashganim uchun klubda kam maydonga tushgandim. Bu yil esa "Qo'qon-1912"da murabbiy menga boshidan ishonch bildirdi, shukurki hozirgacha asosiy tarkibda o'ynab kelayapman. Qo'qonda ham raqobat juda kuchli, bitta o'yinda xato qilsangiz zaxirada qolishingiz aniq. SHu bois har bir o'yinda imkon qadar bexato o'ynashga urinayapman.

- “Qo'qon-1912” jamoasi haqida nima deya olasiz?
- O'tgan yil oliy ligaga qaytgan klub birinchi yil elitada o'z o'rniga ega bo'lish uchun o'ynadi. Endi jamoa imkon qadar yuqori o'rinlar uchun kurashishni boshlaydi. Rahbariyat futbolchilarga ishonadi va biz yaxshi natija ko'rsatishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Muxlislarimiz ayni paytda bizdan biroz xafalar. Ammo keyingi o'yinlarda g'olib bo'lib ularni xursand qilishga urinamiz. Qo'qonlik muxlislar jamoa yuqori o'rinlarda yurishiga loyiqlar. Ular har bir bahsda kelib bizni qo'llab turishadi.

- Yoshligingizda qaysi futbolga havas qilgansiz?
- Kichkinaligimdan ispaniyalik Karles Puyolning o'yinlarini miriqib tomosha qilardim. "Barselona" sardori har bir o'yinda jonini berib o'ynardi. O'zini ham raqibni ham ayamas edi.

- Qaysi futbolchilar bilan do'stsiz?
- O'rtoqlarim juda ko'p. Futbolchilardan Javohir Sidiqov, Odil Hamrobekov va Jamshid Boltaboev bilan yaqinmiz.

- Bir yil oldin deyarli shu paytda Yangi Zelandiyada edingiz. Yoshlar o'rtasidagi mundial Qanda o'tgandi?
- Vaqt juda ham tez o'tayapti, bir yil bo'libdi. Yangi Zelandiyadagi Jahon chempionati faoliyatimdagi eng muhim musobaqalardan biri bo'lgan. Murabbiylar shtabi menga ishonch bildirib mundialga olib borishgani uchun minnatdorman. Deyarli barcha uchrashuvlarda to'liq o'ynagandim. Faqat Avstriya bilan o'yinni sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuborgandim xolos. Har bir uchrashuv alohida tarix desam yanglishmayman. Senegaldan chorak finalda uchralgan mag'lubiyat hali ham alam qiladi. O'shanda o'yin bo'yicha raqibga umuman yutqazmagandik.



- Yoshlar ligasida o'ynab ko'rdingiz. Olimpiya terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo chempionatiga bordingiz. Endi navbat milliy termagami?
- Har bir futbolchi milliy terma jamoada o'ynashni orzu qiladi. O'z vataning bosh jamoasi safida maydonga tushish bu umuman o'zgacha hissiyot. Lekin chaqiruv olish uchun o'z ustimda hali juda ko'p ishlashim talab etiladi. Milliy termada mamlakatning eng kuchli 11 nafar futbolchisi o'ynaydi. SHu bois mehnat qilishda davom etaman.

- Keyingi oy Franciyada Evropa chempionati bo'lib o'tadi. Siz qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
- Evropa chempionatida Ispaniya terma jamoasiga muxlislik qilaman. Ispanlar 2008 va 2012 yilgi qita chempionatida g'olib chiqishdi. Del Boske jamoasi ketma-ket uchinchi bor Evropada tengsiz bo'lishlarini kutayapman.

- Muxlislarga aytar gapingiz...
- Futbol muxlislariga doim rahmat aytib kelaman. Ular bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rayman. Muxlislarimizning borlariga shukur deb qolaman.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика