Doston Tursunov K-liga ramziy terma jamoasida
20 avg 2020 10:13
Yangiliklar


Doston Tursunov K-liga ramziy terma jamoasida
"Busan I'Park" himoyachisi Doston Tursunov K-liganing 16-tur ramziy jamoasidan o'rin oldi.
O'zbekistonlik himoyachi Janubiy Koreya K-ligasi 16-tur doirasidagi safarda o'tgan "Seongnam"ga qarshi qiyin o'yinda jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Aniqrog'i, Doston Tursunovning 90+4 daqiqada urgan goli "Busan I'Park"ga ochko taqdim etgan edi.
Tursunov bundan tashqari o'sha o'yindagi ajoyib harakatlari bilan ajralib turdi. O'yinning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan himoyachimiz K-liga 16-tur ramziy jamoasiga ham kiritildi.
JANUBIY KOREYA K-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar