So’nggi yangiliklar

20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  0 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  4 19:30Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон Кувайт дарвозасига 5та тўп киритди  1 19:18Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев "Манчестер Сити" клуби хўжайини билан учрашди  4 18:42"Бразилия ЖЧ-2026да Неймар учун ўйнамаса, чемпион бўла олмайди"  3 17:59Романо: "Манчестер Сити"нинг янги хариди бугун Англияга учиб боради  6 17:16Отабек Умаров ва Равшан Эрматов Миллий футбол марказидаги қурилиш жараёнини кўздан кечирди  6 16:55Суперлигага қайтган "Қўқон-1912" назорат баҳсида кумуш медал соҳиби ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 16:28"Динамо" БААга учиб кетди. Абрамов шогирдлари ЖАР, БАА, Россия ва Хитой клубларига қарши ўйнайди  2 16:05"Африкада бир бўлак нон учун ҳар куни эрталаб 20 миль масофани босиб ўтадиган инсонлар бор"  3 15:22"Пахтакор" Туркия йиғини доирасида Чехия клубига мағлуб бўлди  14 15:00Ўзбекистон МТЖнинг Иорданияга қарши ўйини бошланиш вақти маълум  4 14:33Тен Хаг Топ-5га қайтиши мумкин  4 13:48"Манчестер Сити"нинг аҳволи яхши эмас  22 13:15"Пахтакор"нинг навбатдаги трансфери европалик футболчи бўлиши мумкин  13

Doston Tursunov: “Birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlaganimizdan xursandman” Yangiliklar

Doston Tursunov: “Birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlaganimizdan xursandman”

Yoshlar ligasida “Neftchi” birinchi davradan so'ng peshqadam bo'lib turibdi. Sergey Kovshov boshqaruvidagi jamoa tanaffusga ijobiy natija bilan yo'l oldi.
“Neftchi” yoshlar jamoasi tarkibida mazmunli o'yinlari bilan ko'pchilikni etiborini tortgan himoyachi Doston Tursunov ushbu muvaffaqiyatga katta hissa qo'shgan futbolchilardan biri bo'ldi. 19 yoshli futbolchi yoshlar terma jamoamizga ham nomzod o'yinchi sanaladi. Yaqinda ushbu terma jamoamizning Erevanda tashkil etgan yig'inida ishtirok etib qaytgan Doston Tursunov  bilan suhbatlashib, xorij yig'ini va “Neftchi” yoshlar jamoasining peshqadamligi haqida fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Doston, avvalo U-19 yoshlar terma jamoamizning tashkil etgan yig'ini haqida gaplashsak. Armanistonda o'tgan yig'in sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Erevanda 6 kundan iborat yig'in bo'lib o'tdi. Unda mashg'ulotlar birga ikki marotaba mezbonlar bilan sinov-nazorat uchrashuvida ishtirok etdik. Albatta Evropada yig'in o'tkazishning gashti baribir boshqacha bo'ladi. Hammasi reja asosiy kechdi deyish mumkin.

- O'tkazilgan o'yinlar to'g'risida nima deysiz?
- Armaniston yoshlar terma jamoasiga qarshi o'tkazgan dastlabki o'yinda 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Ikkinchi  uchrashuvda esa durang qayd etildi. Garchi har ikkala bahsda ham yutqazmagan bo'lsak-da, o'yinlar oson o'tmadi. Har xolda Armaniston ham evropa vakili hisoblanadi. O'ziga yarasha o'yin uslubga ega. Dastlabki uchrashuvda to'liq o'ynadim. Ikkinchi o'yinda esa murabbiylar boshqa nomzodlarni ko'zdan kechirdi. SHu bois ikkinchi bahsda zaxiradan tushdim.

- Yoshlar terma jamoasida murabbiylar sizni qaysi chiziqda sinab ko'rmoqda?

- “Neftchi”dagi kabi terma jamoada ham markaziy himoyachi sifatida o'ynayman. O'zimga ham ushbu poziciyada o'ynash qulay.

- U-19 yoshlar terma jamoamizning avvalgi yig'inlarida ham ishtirok etgansiz. Bu safargi xorij yig'ini avvalgilariga nisbatan qanday farq qildi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, Erevandagi yig'in foydali bo'ldi. O'ziga yarasha tajriba maktabi vazifasini o'tab berdi. Bir so'z bilan aytganda, shu kungacha katta o'sishga erishdik.

- Yaqinda U-19 yoshlar terma jamoasiga Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlandi. Bundan xabaringiz bo'lsa kerak?

- Ha, Ravshan Akmalovichni bosh murabbiy bo'lganini eshitdim. Yaqinda, aniqrog'i 2 iyulda boshlanadigan navbatdagi yig'inda biz futbolchilarga yangi bosh murabbiy rasman tanishtirilsa kerak. Haydarovni tajribali murabbiy ekanligini bilamiz. Lekin u kishi bilan oldin birga ishlamaganman. Nasib qilsa bu murabbiy bilan oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz.

- Endi suhbatimizni jamoangiz “Neftchi” haqida davom ettirsak. Yoshlar ligasida “Neftchi” tanaffusga peshqadam sifatida chiqib ketdi. Bu siz kabi boshqa jamoadoshlaringizni ham xursand qilgan bo'lsa kerak?
- Albatta, bu barchamizni quvontirdi. Aslida ham maqsadimiz peshqadam bo'lish edi. Xudoga shukur, niyatimizga etdik. Lekin bunga osonlikcha erishdik deya olmayman. Bu yo'lda “Mashal” yoshlar jamoasidan jiddiy qarshilikka duch keldik. Afsuski ayrim bahslarda o'zimizning xatoimiz evaziga qimmatli ochkolarni boy berdik va bu o'z navbatida turnir jadvalidagi o'rnimizga salbiy tasirini ham o'tkazmasdan qolmadi. Lekin keyinchalik vaziyatni o'nglay oldik.

- Nima deb o'ylaysiz, chempionat yakuniga qadar 1-o'rinni saqlab qolish imkoniyati qanday?

- Rahbariyat tomonidan oldimizga chempion bo'lish vazifasi qo'yilgan. Yigitlar bilan o'zaro suhbatlashib, buni bajarish uchun hammamiz astoydil harakat qilishga kelishib olganmiz. To'g'ri, vazifani uddalash osonlikcha amalga oshmaydi. CHunki ortimizdagi jamoalar ham o'tib ketishga urinadi. Ammo biz ham osonlikcha taslim bo'lmaymiz.

- Bosh murabbiy Murod Ismoilov jamoada yoshlarga katta etibor qaratmoqda. Qanday fikrdasiz, sizga ham bu yil oliy ligada debyut qilish nasib qilarmikin?
- SHunday bo'lishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Mashg'ulotlarni asosiy tarkib azolari bilan o'tkazyapman. Murabbiylar shtabi kerakli ko'rsatmalarni beradi. Nasib qilsa ikkinchi davradan imkoniyat berilsa, bundan unumli foydalanib qolishga urinaman.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика