Diyorbek O'rozboev: "Medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlayman"
07 avg 2016 08:07
Yangiliklar
Diyorbek O'rozboev: "Medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlayman"
Og'irlik vazni 60 kg.gacha bo'lgan polvonlar bellashuvida tatamiga tushgan istedodli sportchimiz Avstraliya, SHveycariya, Braziliya hamda Gruziya terma jamoasi azolarini mag'lub etib, bronza medali sovrindori bo'ldi.
FOTOGALEREYA. Diyorbek O'rozboev - bronza medal sohibi!
“Birinchilardan bo'lib bahslarga kirishish juda ham masuliyatli. Men bunga ham jismonan, ham ruhan tayyor edim. Biz sportchilarga Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida etibor o'z so'zini aytmoqda. Odatda sportchilar mana shunday g'alabalarni biror-bir sana yohud yaqinlaridan biriga bag'ishlaydilar. Men Olimpiya o'yinlaridagi birinchi medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlayman. Xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlaganligimdan xursandman. Fursatdan foydalanib meni doimo qo'llab-quvvatlab turadigan oilamga, ustozlarimga ham o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu barchamizning yutug'imizdir”, - deydi Diyorbek O'rozboev.
Ushbu xabarning to'liq qismini Olamsport.com sayti orqali o'qish mumkin.
Fikrlar