So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Diyorbek Mirzaboev: “Oldimizga qo'yilgan maqsad, iqtidorli futbolchilarni bosh jamoaga etkazib berish” Yangiliklar

Diyorbek Mirzaboev: “Oldimizga qo'yilgan maqsad, iqtidorli futbolchilarni bosh jamoaga etkazib berish”

Birinchi liga vakili Muborakning “Mashal-2” jamoasi ayni damda turnir jadvalida 41 ochko jamg'argan holda 7 pog'onada bormoqda.

Ko'pchilik futbol muxlislari “Mashal-2” jamoasi oliy liga vakili “Mashal” jamoasiningning farm klubi ekanligini yaxshi biladi. Ayni damda jamoaga yosh murabbiy Diyorbek Mirzaboev ustozlik qilmoqda. Biz Mirzaboev bilan bog'lanib jamoa oldiga qo'yilgan vazifasi va navbatdagi o'yinlar haqida suhbatlashdik.

-  Jizzaxning “Zomin” jamoasiga qarshi uchrashuvda (1:1) hisobida durang natija qayd etdinglar. Ushbu bahs sizlar uchun qanchalik qiyin bo'ldi?

-  Jizzaxning “Zomin” jamoasi bizning raqobatchimiz desam ham bo'ladi. CHunki biz ulardan 1ta kam o'yin o'tkazgan holda 1 ochkoga oldinda borayapmiz. Agarda g'alaba qozonganimizda biz ularni 4-5 ochkoga ortda qoldirib ketardik. CHempionat boshlanganidan beri bu darajada qiziqarli o'yinni bo'lmagandi. Jamoa azosi SHahzod Ubaydullaevda gol urish uchun 3-4 marotaba imkoniyat bo'ldi, ammo ulardan foydalana ololmadi. Yosh futbolchi bo'lgani uchun biroz tajriba etishmagan bo'lishi mumkin. Hakam tomonidan belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira ololmadik. O'yin bo'yicha ustunlik biz tarafda bo'ldi. Afsuski darvozamizdan gol o'tkazib yubordik va durang natija qayd etdik. G'alaba qozonishni juda ham istagandik.

-  Ertaga “Yangier” jamoasiga qarshi bahs olib borasizlar. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik qay darajada o'tkazilmoqda?

-  Yangier shahriga bugun etib keldik. Bir nechta futbolchilarimiz ertaga maydonga tusha olmaydi. Mirmuxsin Yusupov, Sunnat Rustamov, Xusniddin Aliqulov sariq kartochkalari ko'peyib ketgani sababli jamoamizga yordam bera olmaydi. Yodgor Nazarov va Doniyor Umarov jarohati borligi sababli “Yangier”ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. 

 

-  Siz “Mashal”ning farm klubiga yani “Mashal-2” jamoasi bosh murabbiyisiz. Rahbariyat oldingizga qayday vazifa qo'ygan?

-  Bizning oldimizga futbolchilarni bosh va yoshlar jamoasiga yaxshi, qobiliyatli futbolchilarni etkazib berish vazifasi qo'yilgan. Meni oldimga qo'yilgan vazifa iqtidorli futbolchilarni bosh jamoamizga etkazib berish.

Bu yilgi birinchi liga bahslari yakunlanishiga ham 10ta tur qoldi. Necha nafar futbolchi bosh jamoaga yo'l olishi mumkin? Ko'z ostingizga olib qo'ygan futbolchilar bormi?

-  1998-99 yilda tavallud topgan futbolchilar oliy ligada to'p tepishigi biroz erta bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Bunday yoshdagi futbolchilarni bosh jamoamiz mashg'ulotlariga taklif qilib ularni o'yinini o'stirib borsa bo'ladi. Birinchi ligada to'p tepayotgan ayrim futbolchilarni rahbariyatimiz ko'z ostiga olib qo'ygan. 


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Muallif :
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика