So’nggi yangiliklar

07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  0 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  156 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  15 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  136

Diyor Turopov: “Omadsiz ishtirokimiz vaqtinchalik holat deb o'ylayman” Yangiliklar

Diyor Turopov: “Omadsiz ishtirokimiz vaqtinchalik holat deb o'ylayman”

Bir necha yillardan buyon “Lokomotiv” jamoasida o'ynab kelayotgan Diyor Turopov joriy mavsum chin manoda “temiryo'lchilar”ning etakchisiga aylanib ulgurdi.

Qanot vingeri sifatida xarakat qiladigan Turopov maydonda o'zini anchagina erkin xis qilishi va individual maxoratini qo'rqmasdan ishga solishi bilan ham boshqalardan ajralib turadi. Superliganing 4-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Qizilqum” (1:1) uchrashuvida mezbonlarning yagona goliga mualliflik qilgan Diyor Turopov shu kuni maydonda boshqalardan yaqqol ajralib turdi. Championat.asia saytining talqiniga ko'ra, Diyor Superliganing 4-turidan so'ng ramziy terma jamoadan o'rin oldi. SHu munosabat bilan Turopovga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Diyor, Championat.asia saytining talqiniga ko'ra, ramziy terma jamoadan o'rin oldingiz. Bunday bo'lishini kutganmidingiz?
- Saytingizni doimiy ravishda kuzatib boraman. Albatta, har bir turdan so'ng berib boriladigan ramziy terma jamoadan kimlar o'rin egallagani bilan ham qiziqaman. To'g'risi, Superliganing 4-turidan o'rin olgan hamma o'yinlarni kuzata olmaganim uchun ham bu safargi tur ramziy terma jamoasiga tushishimni kutmagandim. Tabiiyki sayt xodimlarining bunday etirofi meni xursand qilmasdan qolmadi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. 


Coca Cola Superliga. 4-tur ramziy terma jamoasi         


- “Qizilqum”ga qarshi ko'rsatgan o'yiningizdan qanchalik qoniqish xosil qildingiz?
- Futbol jamoaviy o'yin ekanligini hisobga olib aytadigan bo'lsam, to'g'risi o'zimning xarakatlarimdan ko'nglim to'ldi deyishim noto'g'ri bo'ladi. Sababi jamoamiz o'z maydonida durang qayd etdi. Demak etarli darajada klubimga yordam bera olmadim.

- “Qizilqum” bilan o'yinda birinchi bo'lib o'z darvozalaringdan to'p o'tkazib yuborgach, o'yin borasida ustunlikka erisha boshladinglar. Fikrimizga qo'shilasizmi?
- Maqsadimiz g'alaba qozonish edi. Birinchi bo'lib mehmonlar hisobni ochgach, asosiy etiborni hujumga qaratdik. Etibor bergan bo'lsangiz, butun jamoa bo'lib hujumga otlandik. Hisobni tenglashtirishga erishdik. Ammo g'alaba to'pini kirita olmadik. SHu kuni bizdan omad ham yuz o'girdi deyish mumkin. Bir qancha golli vaziyatlarni ko'kka sovurdik.

- Navoiyliklar haqida qanday fikrdasiz?
- “Qizilqum” tarkibida tajribali futbolchilar o'rin olganini yaxshi bilardik. Xususan darvozabon Ignatiy Nesterov ortda turib, jamoadoshlarini boshqarib borgani ularga qo'l kelmoqda. 



- Bu yil “Lokomotiv” bir qator etiborga molik transferlarni amalga oshirganida, ko'pchilik bu jamoani chempionlik uchun kurashishini tahmin qilgandi. Biroq jamoangiz hozircha g'alaba qozona olmayapti. Buni qanday izohlaysiz?
- To'g'ri aytasiz joriy yil tarkibga bir qator etakchi o'yinchilar kelib qo'shildi. Xususan terma jamoaga nomzod futbolchilar taklif etildi. Ammo shunga qaramay chempionat starti biz uchun kutilganidek chiqmayati. Menimcha jamoa o'yindan-o'yinga o'ziga kelmoqda. Ozgina vaqt kerak. Tarkib deyarli yangitdan tuzildi desak ham bo'ladi. Omadsizlik vaqtinchalik xolat deb o'ylayman. CHempionat hali uzoq vaqt davom etadi. SHuning uchun medallar uchun kurashdan “Lokomotiv”ni chetga chiqarish noto'g'ri bo'ladi. Hali hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman.

- Portugaliyalik murabbiydan ham ko'p narsa kutgandik. Ammo natija ijobiy bo'lmagach, Sekeyra bo'yicha taassurot ham salbiy ko'rinish olmoqda. SHaxsan siz evropalik mutaxassis haqida nima deysiz?
- Sekeyra o'zbek futbolida dastlabki mavsumni o'tkazmoqda. Unga ham to'liq moslashib ketishi uchun baribir vaqt kerak bo'ladi. Murabbiyning mashg'ulot o'tkazish jarayoni yuqori suratda tashkil etilmoqda. O'yinlarga ham ajoyib tarzda tayyorlaydi. Murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmalarni maydonda qanchalik bajarish esa futbolchilarga bog'liqdir. SHuning uchun muvaffaqiyatsiz ishtirokimizda birgina bosh murabbiyni aybdor sifatida ko'rsatish yaxshi emas.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика