So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  2 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  5 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Diyor Turopov: "Albaniya bilan oddiy uchrashuv bo'lmadi" Yangiliklar

Diyor Turopov: "Albaniya bilan oddiy uchrashuv bo'lmadi"

Kecha SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi BAAda Albaniyaga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
2:0 hisobida O'zbekiston jamoasi g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng termamiz vakili Diyor Turopov "CA" saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ushbu bahs oddiy nazorat uchrashuvidek bo'ldi deb ayta olmayman. Aynan mana shu O'zbekiston U-22 jamoasi shakllanmoqda. Biz ham o'z xatolarimizni ko'rdik. Har ikki jamoa bor kuchi bilan o'yin ko'rsatdi va keskin bo'ldi.

Albaniya Evropa jamoasi va bu raqibni kuchsiz deb bo'lmaydi. Ularni barcha futbolchilari jismoniy baquvvat ekan. Raqibimizning barcha hujumlari yuqoridan bo'ldi va bosh bilan o'ynashga harakat qildi. Birinchi bo'limda ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmagan bo'lsak ham kuchli o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'lim asosan maydon markazida kechdi va har ikki tomondan bir xil imkoniyatlar bo'ldi. Kiritilgan ikkinchi gol esa o'yin taqdirini hal etdi.

Tayyorgarlikni yuqori darajaga olib chiqish uchun kuniga bir mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqdamiz. Keyingi ikki uchrashuvda ham chiroyli o'yin ko'rsatib , o'z imkoniyatlarimizni bilib olamiz" , - deydi Diyor Turopov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика