So’nggi yangiliklar

18:02РПЛ. "Рубин" Москвада "Динамо"га мағлуб бўлди, Ашурматов захирада қолдирилди  1 18:00Суперлига. ОКМК – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  1 17:40Суперлига. "Андижон" — "Динамо" (матнли трансляция)  4 17:26ОКМК — "Сўғдиёна". Таркиблар маълум  1 17:11"Ризеспор" — "Эюпспор". Алиқулов асосий таркибда  0 16:57"Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  2 16:28"Турон" — "Астана". Абдумажидов, Мухторов ва Асқаров асосий таркибда  0 16:03"Байер" Алонсонинг "Реал"ни бошқаришни истаётганини билади ва мураббийга тўсқинлик қилмайди  4 15:37"Локомотив" — "Жайхун". Таркиблар маълум  1 15:17"Боруссия" "Барселона" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 14:30"Манчестер Юнайтед" деярли 60 млн евро турадиган футболчига қизиқиш билдирмоқда  1 14:01"Ливерпуль" Салоҳ билан шартнома узайтирилганига қарамай, АПЛдан вингер сотиб олмоқчи  3 13:37"Реал" Рауль Асенсио билан шартномани узайтирди  1 13:10"Манчестер Сити" 70 млн евродан ортиқ маблағга португалиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 12:44Мурод Исмоилов: "Левченко борасида тезкор қарор чиқарилмаслигини истардим"  19

Diyor Mirzaboev: "Hali hech narsani yo'qotganimiz yo'q" Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: "Hali hech narsani yo'qotganimiz yo'q"

“Buxoro” – “Yangier-quruvchi” (3:1) o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev ham ishtirok etdi.

- Ko'rdingizlar, tezkor gol o'tkazib yubordik. Men o'yin oldidan dastlabki 15 daqiqa davomida ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerakligi bo'yicha ko'rsatma bergandim. Mezbonlar tomonidan bosim bo'lishini bilardik. Goldan keyin muvozanatni tiklashga urindik. “Buxoro” bilan bahsda kim kamroq xato qilsa, g'alaba qozonadigan o'yin edi. SHogirdlarimga ko'pgina etirozim bor. O'yinni qayta ko'rib chiqamiz, xatolarni taxlil qilamiz. 

- “Buxoro” safida qaysi futbolchilar sizda iliq taassurot qoldirdi?

- Birinchi davragi “Buxoro” bilan hozirgi kundagi jamoaning o'rtasidagi farq katta. Biroq men birinchi davradagi bahsda ishtirok etmaganman. Biroq bugun jamoa safida Xumoyunmirzo Iminovni alohida takidlab o'tgan bo'lardim. U hujumlarni tashkil qilishda ancha yaxshi harakat qildi. SHuningdek, Jasur Azimov va Xumoyun SHerbo'taev tashkil qilib berdi. Ular bizning futbolchilarga nisbatan ustunlik qildi. 

- Jamoaning 5-o'rinni qo'lga kiritish imkoniyati qanday?

-  Men jamoani qabul qilib olayotgan vaqtida ochkolarimiz juda kam edi. Harakat qilib, vazifani bajarish imkoniyatiga ega bo'ldik. Biroq “SHo'rtan”ga nisbatan taqvimiz biroz qiyin. CHunki bizni safarda ikkita qiyin o'yin kutmoqda. Birinchisi “Xorazm” bo'lsa, keyingisi “Turon”dir. Hali hech narsani yo'qotganimiz yo'q va kerakli ochkolarni qo'lga kiritib, 5-o'rinni egallay olamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика