So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  1 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  7 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Diyor Imomxo'jaev saytimizda chiqqan maqolaga munosabat bildirdi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev saytimizda chiqqan maqolaga munosabat bildirdi

Saytimizda chop etilgan "Bir qo'ldan chiqayotgan qarsak" nomli maqolani o'qigan bo'lsangiz kerak.

Agar o'qimagan bo'lsangiz, ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin. Bu maqola ettita klubga nisbatan taqiq qo'yilganidan so'ng yozildi. Gap shundaki, "Nasaf", "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Surxon", "Qo'qon-1912", "Buxoro" va "Oqtepa" klublari 2019-2020 yilgi mavsumlarda legioner futbolchilarni (yoki murabbiylarni) ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan to'lovni amalga oshirmagani bois ularga nisbatan taqiq qo'yilgan. 

Yani, bu klublar joriy mavsum uchun o'z saflariga xorijlik futbolchi yoki murabbiyni taklif etgani bilan toki taqiq olib tashlanmaguncha PFL ro'yxatidan o'tkaza olishmaydi. Taqiq olib tashlanishi uchun avvalo mavjud qarzdorlikni yopish lozim. Malumki, har bir klub o'z tarkibiga taklif etgan har bir legioner futbolchi uchun PFL hisob raqamiga 50 million so'm, xorijlik murabbiy yoki mutaxassisni taklif etsa 25 million so'mdan to'lab berishi shart. 

Men ko'targan mavzu esa ushbu to'lov kerakmi, PFL badal to'lovidan voz kechsa nima bo'ladi kabi savollarni o'rtaga tashlab, taklif yoki bo'lmasa aniq javob olish edi. O'z navbatida PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev o'zining Telegram kanalida shunday munosabat bildirdi: 

"O'zbekiston temir yo'llari tomonidan moliyalashtiriladigan klub matbuot kotibi legioner futbolchilar to'lovi bo'yicha yaxshi chiqish qilibdi. 

Maqolada aytilyaptiki, legioner futbolchilar uchun pul olish insofdanmi? To'g'ri fikr albatta. Rossiya ham misol uchun 2017 yilga kelibgina legioner futbolchilar uchun to'lovni olib tashladi, ungacha bor edi. Evropaning ayrim mamlakatlarida bu to'lov hali ham mavjud. Biz 2021 yildan boshlab narxlarni pasaytirish, klublar uchun imkoniyatlarni oshirish, bir necha yillik legionerlarni to'lovlardan ozod qilishga o'tyapmiz. Birdaniga hamma to'lovni olib tashlay olmaymiz. Aytmoqchimanki, har qanday to'lovlar masalasini step by step tartibga solamiz. 

Menga maqola nomi ham yoqdi: "Bir qo'ldan chiqayotgan qarsak". Mana endi ikkinchi qo'lga ham savollar bor: 

Klublar ham bosqichma-bosqich davlat ulushi bor korxonalar tomonidan mablag' olishni to'xtatish choralarini ko'ryaptimi? 

O'zPFL legioner futbolchi uchun yilda bir marta to'lov oladi va uning qancha ekanini ochiqlagan. Davlat ulushi bor korxona tomonidan moliyalashtiriladigan klub legioner futbolchilar uchun yil davomida qancha sarflanayotganini ochiqlaydimi yoki yo'q? 

Klublar qaysi mezonlar bo'yicha legioner futbolchilar bilan ishlayapti? 

Davlat ulushi bor bo'lgan korxona tomonidan moliyalashtirilayotgan har qanday klub o'z smetasini ochiqlashi, smeta xarajatlari nimalarga yo'naltirilayotganiga oydinlik kiritishi, yil yakunida esa hisob berishi to'g'ri bo'ladimi?

Biz 2021 yilgi reglamentda birinchi marta alohida band qo'shdik: O'zPFL mavsum yakunida tashkilot xarajatlari yuzasidan klublarga hisob beradi. 

Xayrulla Xoliqov fidoyi inson va unda klub matbuot kotibi sifatida yuqoridagi savollarga javob bo'lishi kerak albatta. Unda istagan mavzusida yozish huquqi bor. O'zPFL kamchiliklarga to'la tashkilot, uning rahbari sifatida har bir kamchilikni qiyinchilik bilan bartaraf etish yo'lida ekanimizni va Xoliqovga istalgan mavzusidagi savollariga javob qaytarishga tayyor ekanimizni bildiraman".

Albatta, PFLga aloqasi bor har qanday mavzuda tashkilot rahbarining munosabat bildirgani yaxshi. Har holda ilgari bunday emasdi. Ilgari ko'p savollar javobsiz qolib ketgan paytlar ham bo'ldi. Savol berardik, javobini mavsum tugab ham ololmasdik. Diyor Imomxo'jaev munosabat so'ngida Xayrulla Xoliqov fidoyi inson debdi, buning uchun rahmat. O'z navbatida men ham uni o'zbek futboli fidoyisi deb bilaman.

Endi munosabatdagi bazi gap va savollarga o'tsak. Munosabat shunday boshlanadi: "O'zbekiston temir yo'llari tomonidan moliyalashtiriladigan klub matbuot kotibi legioner futbolchilar to'lovi bo'yicha yaxshi chiqish  qilibdi". To'g'risi, munosabatdagi kirish gapning o'ziyoq menga kinoyadek tuyuldi. Ko'rinib turibdi, bu erda Diyor Imomxo'jaev maqolani yozgan shaxsga jurnalist deb emas, balki Superliga klubi matbuot kotibi sifatida qaragan.

Men klubda faoliyat olib borish bilan birga "Championat.asia" saytida ham ishlab kelyapman va buni hech qachon yashirmaganman. Ikkita joyda ishlashimni klubdagilar ham, saytdagilar ham biladi. Masalan, Diyor Imomxo'jaev o'z munosabatini "Championat.asia" sayti xodimi... deb boshlashi mumkin edi, lekin bu o'rinda "Lokomotiv" PFK matbuot kotibi deb yozsam zalvorli bo'ladi deb o'ylagan bo'lishi mumkin. Mayli, bu haqda ko'p ham tortishmagan maqul. 

Bildirilgan munosabatda men uchun eng kerakli gap bu - "Biz 2021 yildan boshlab narxlarni pasaytirish, klublar uchun imkoniyatlarni oshirish, bir necha yillik legionerlarni to'lovlardan ozod qilishga o'tyapmiz. Birdaniga hamma to'lovni olib tashlay olmaymiz. Aytmoqchimanki, har qanday to'lovlar masalasini step by step tartibga solamiz". Bo'ldi, nuqta. Demak, PFL narxlarni pasaytirishga o'tyapti ekan, bir necha yillik legionerlar uchun badal puli to'lanmaydi. Eshitishimcha, bu yildan etiboran kamida besh yildan buyon O'zbekistonda to'p tepib kelayotgan legioner(lar)dan to'lov olinmaydi. Hozircha shuning o'zi ham kishini xursand qiladi. 

Diyor Imomxo'jaev shu fikri bilan masalaga nuqta qo'ysa bo'lardi, lekin bu o'rinda klub matbuot kotibi bo'lganim uchun bazi savollarni yo'llagan. 

Masalan birinchi savolni olaylik: "Klublar ham bosqichma-bosqich davlat ulushi bor korxonalar tomonidan mablag' olishni to'xtatish choralarini ko'ryaptimi?". O'ylashimcha, PFL bosh direktorini klublarning qaerdan va qanday pul topayotgani qiziqtirmasligi kerak. Negaki klub davlatdan pul oladimi yoki xususiy homiydanmi, PFL reglamentiga muvofiq talablarni bajargan holda chempionatda ishtirok etadi. Aks holda klublarda ham savol tug'ilishi mumkin: PFL badal pullaridan voz kechgan holda chempionat va Kubokni o'tkazishni o'ylab ko'ryaptimi?

Ikkinchi savol: "Klublar qaysi mezonlar bo'yicha legioner futbolchilar bilan ishlayapti?" Bu savol ham PFL qiziqtirmasligi kerak degan taxmindaman. Masalan, OFK bizdan hech qachon qanday saviyadagi leggionerlarni olib kelyapsizlar deb so'ramagan. Olib kelayotgan legioneri uchun avvalo klub javobgar, qolaversa ularning saviyasi haqida ko'proq murabbiylar, OAV va muxlislar gapirgani maqul. SHunday ekan, ular savol bersin, qaysi mezonlar bo'yicha legionerlarni taklif etyapsizlar deb.

Uchinchi savol: "Davlat ulushi bor bo'lgan korxona tomonidan moliyalashtirilayotgan har qanday klub o'z smetasini ochiqlashi, smeta xarajatlari nimalarga yo'naltirilayotganiga oydinlik kiritishi, yil yakunida esa hisob berishi to'g'ri bo'ladimi?" Menga malum bo'lishicha, klublar shundoq ham PFLga yillik smetani ochiq aytib kelishyapti. Agar aytmayotgan bo'lsa, bunga ham haqqi bor deb o'ylayman. CHunki PFLning klublar smetasi bilan nima ishi bor? Men maqolada yozganimdek, PFL bu - musobaqa tashkil qiluvchi va o'tkazuvchi tashkilot, birovning cho'ntagini hisoblab o'tiradigan emas. SHundoq ham klublar har yili buxgalteriya ishlari bo'yicha tegishli tashkilotlarga hisobot berib kelmoqda.

Agar biz savolni pulni qaerdan topyapsan emas, balki nima yordam bersak puling yanada ko'payadi deb o'rtaga tashlasakgina boy klublarga ega bo'lamiz. Boy klub bu - boy chempionat va boy liga degani. Klublar boyimas ekan, liga rivojlanmaydi. Unda ko'ra, "Coca Cola" berayotgan pulning qanchadir qismini Superliganing 14ta klubiga teng bo'lib bergan yaxshi emasmi? Axir kompaniya reklama bergani bilan, reklamani o'yin paytida klublar qilyapti.

X.Xoliqov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика