So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  2 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  53

Diyor Imomxo'jaev: “Real” nimaning evaziga kuchli bo'ldi va endi nima qilmoqchi? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: “Real” nimaning evaziga kuchli bo'ldi va endi nima qilmoqchi?

Zidan meni hayron qoldirmoqda.

“Real” transfer oynasida futbolchi sotib olish emas, sotish bilan ovora. Bunday hol har doim ham kuzatilmaydi. Balki shuning uchun bo'lsa kerak, Madrid klubini 19 yoshga to'lmagan 200 millionlik futbolchini ko'chirib kelish umuman qo'rqitayotgani yo'q.

Agar Zidan shunday talab qo'ysa, Peres u istayotgan futbolchilarni katta ehtimol bilan olib berardi. Biroq Zizuning birlamchi maqsadi asosiy futbolchilarini saqlab qolish. U Beyl, Ronaldu va Benzemaning qolishini muhimroq hisoblaydi.

Yosharish

“Real” hozirgacha 21 ga to'lmagan ikki iqtidorni qo'lga kiritdi - Teo Ernandes va Daniel Sabelos. O'tgan mavsum bu futbolchilar mos ravishda “Alaves” hamda “Betis”ning asosiy futbolchilari bo'la oldi. Yani, “Real”ning yulduzli tarkibi tasirida, La liganing kelayotgan mavsumida ham yo'qolib qolmasligi katta ehtimol. Axir ular o'tgan mavsum davomida chempionatning 30 dan ziyod o'yinida maydonga tushgan futbolchilar sanaladi.

Ko'rinib turibdiki, “Real” ertani o'ylab ish qilishga o'tdi. Oldi-orqasiga qaramay futbolchi saralaydigan Mourino bunday yo'l tutmasligi mumkin edi, masalan. SHu vajdan olib qaraganda, “Real” Zidan timsolida bosh murabbiy posti uchun eng yaxshi nomzodni topib bo'lgan. CHempionlar ligasidagi ketma-ket ikki g'alaba va La ligada besh yil kutilgan chempionlik bunga isbot bo'lsin.



Muvaffaqiyat siri

So'nggi mavsumda “Real” qanday qilib bu qadar katta muvaffaqiyatga erisha olgani borasida juda ko'p bahslashish mumkin. Men bunda ikki asosiy jihatni ko'rdim: zaxira o'rindig'ining boyligi hamda Zidan o'z falsafasini Krishtianuga tushuntira olgani.

Keling, ikkinchisidan boshlay. Ronalduning “jinni” odati bor, hamma o'yinda maydonga tushishni, maksimal natijaga erishishni, ko'proq gol urishni istaydi. Doim shunday bo'lib kelgan vaqtda “Qirollik klubi” bir muddat “Barselona” soyasida qolib ketdi. Zidan bularning barchasini klub ichida ko'rib, bilib yurdi. Bosh murabbiylik postiga kelgach esa, birinchi galda shu ishni tartibga soldi.

U Ronalduga yotig'i bilan tushuntira oldi. Statistikaga etibor qilgan bo'lsangiz, o'tgan mavsum La ligada Krishtianudan ko'proq o'ynagan “Real” futbolchilarini bemalol topa olasiz. Uning “Barselona”dagi raqobatchilari ham 34-35 talab o'yin o'tkazdi. To'g'ri, Ronaldu Messi yoki Sauras darajasida ko'p gol urolmadi. Biroq mavsum yakunida ham pik formada turishni uddaladi. Intervyusida, Zidan haq bo'lib chiqqanini o'zi ham tan oldi. Lo'nda qilib aytganda, Ronaldu o'tgan mavsum o'zidan ko'ra ko'proq, jamoasi uchun o'ynadi.  

Masalan “Yuventus”ga qarshi ikki o'yinda “Barselona”ning etakchi futbolchilari qiynalishdi va 180 daqiqa davomida gol ura olishmadi. CHunki tinim bilishmayotgandi. Enrike ularning kuchidan maksimal foydalanishga intilayotgandi. Mana shunday paytda Ronaldu himoyasi eng kuchli deb qaraladigan uch klub - “Atletiko”, “Bavariya” hamda “Yuventus” darvozasiga jami 10 ta gol urdi. Tarkibning boy ekani Zidanga futbolchilar kuchidan ustalik bilan foydalanish imkonini berdi.


Natijada qolgan etakchilar masalasida ham rotaciya uchun fursat bo'ldi. Asosiy maqomini ololmasa-da, Alvaro Morata klub muvaffaqiyatida juda katta rol o'ynadi. Maydonda to'p surgan daqiqalari ko'p bo'lmasa-da, o'yinlar soni borasida Lukas Vaskes hammadan o'zib ketdi. Zaxirada qolib ketayotganidan butun mavsum nolisa-da, Hames mavsum davomida umumiy 30 ga yaqin uchrashuvda ishtirok etdi. Buning fonida Zidan asosiy yigitlariga nafas rostlash imkonini bera oldi.  

O'sha Isko ham shuning tasirida ochildi va yakunda asosiy figuraga aylandi. Asosiy bo'la olmay, alamzada yurgan futbolchilar esa bor alamini raqiblardan olib, “Real”ga foyda keltirdi. Aytmoqchi bo'lganim, “Barselona” zaxirasida men Neymar, Messi, Suares, Inyesta yoki Busketsdan kuchliroqman deydigan futbolchi yo'q edi. “Real” zaxirasida esa Ronaldu, Beyl, Benzema uchligisiz ham o'ynay olishlarini isbotlashga tayyor nomlar bor edi. Natija yomon bo'lmadi, to'g'rimi?



Endi-chi?


Endi rostmana qiyin bo'ladi. Hames va Morata ketish taraddudiga allaqachon tushib bo'lgandi. Alvaro “Real”ga qaytmaslikka umid qilaman, deb ketdi. Benzema 29 ta o'yinda 11 ta gol urdi La ligada, Morata esa 26 ta o'yinda 14 ta. Yana nima qilishi kerak edi asosiy bo'lish uchun?

Taxminim bo'yicha, Zidan ketma-ket ikki muvaffaqiyatdan keyin va nihoyat Ronaldu-Benzema tandemini sochib tashlab, Alvaroni asosiy qiladigandek edi. Biroq umuman teskarisi bo'ldi. Yoshroq futbolchining ortidan pul qilindi va “Real”da eng ko'p tanqid qilinadigan futbolchi olib qolindi. O'sha-o'sha tandem ketma-ket uchinchi yili ham ish berishi mumkinmi? Ishonish birozgina qiyin bo'lib turibdi. Zidanning baxtiga qarshi, Ronaldu aynan Karim bilan o'ynashni xush ko'radi.

Zamonaviy futbol to'xtab turmayapti. Messi-Neymar-Suares tandemiga qarshi chorani Allegri topdi, Emeri ham shunga yaqin keldi. CHunki Enrike ularga haddan tashqari o'rganib qoldi. Valverde o'sha nomlarni saqlab qolganida ham, hammasi faqat ulargagina bog'liq bo'lmagan boshqa tizim ishlab chiqishi kerak. Mana shu pallada, ikki yildan buyon Evropada tengsiz bo'layotgan Zidan tarkibiga qarshi chora topilmagan deb o'ylaysizmi?   

Endi tarkibdagi to'kislik kamaydi. Himoyadan Danilo va Pepe ketdi, ularga qo'shilib Hames va Morata boshqa klubda. Ijaradan qaytib kelgan futbolchilarga nazar solsangiz, ular bilan raqobatlasha oladiganini topolmaysiz. Yuqoridagi nomlardan istalgan vaqtda va istalgan raqibga qarshi foydalanish mumkin edi. Endi esa Isko, Ronaldu, Benzema, Beyl kabilar uchun raqobat yana kamayib qolgandek tuyuladi menga. CHempionlikka erishishdan ko'ra, uni saqlab qolish qiyinroq. Garchi o'rtoqlik o'yinlari bo'lsa-da, “Siti”, “Yunayted” va “Barselona”ga qarshi bellashuvlar balki sizni ham o'ylantirib qo'ygandir...

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика