Diyor Imomxo'jaev: "Oq-tepa" klubi "Olimpik"ka qarshi o'yindan keyin rasmiy etiroz yozmadi"
29 mar 2021 16:32
Yangiliklar
Diyor Imomxo'jaev: "Oq-tepa" klubi "Olimpik"ka qarshi o'yindan keyin rasmiy etiroz yozmadi"
Serbiya - Portugaliya va "Olimpik" - "Oq-tepa". Har ikki uchrashuvda deyarli bir xil vaziyat muhokamalarga sabab bo'ldi.
Ronalduning zarbasidan keyin to'p darvoza chizig'ini kesib o'tganini hamma ko'rdi. Yani, evropalik referilar qaror qabul qilishda adashdi.
Olimpik — Oqtepa o'yinida esa hakamlar to'g'ri qaror qabul qildi. To'p darvoza chizig'ini kesib o'tmadi. Uchrashuv yaxshi ruhda o'tdi va chindan ham kuchliroq ko'ringan klub g'olib chiqdi.
Paradoks shundan iboratki, uchrashuvdan keyin mehmonlar hakamlarni tanqid qildi. Ammo Reglamentda ko'rsatilgani bo'yicha rasmiy etiroz yozilmadi. Haqiqat uchun yo oxirigacha kurashish kerak yoki nojoiz fikr bildirmaslik to'g'riroq bo'ladi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
Video. Alisher SHog'ulomov: "Hakamlar xususiy klublarni "ko'mishmoqda". Bu birinchi marta emas"
Fikrlar