So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

Diyor Imomxo'jaev: "Oldin talab jiddiy bo'lgan, nazorat esa xalta" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Oldin talab jiddiy bo'lgan, nazorat esa xalta"

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Bizdagi malumotga ko'ra, “Buxoro” futbol klubi - PFK (professional futbol klub). Jamoa istasa buni MSK (mega super klub) qilib ham o'zgartirishi mumkin.

2019 yilgi mavsum oldidan futbol klublari licenziyalashdan o'tkaziladi. Oldin talab jiddiy bo'lgan, nazorat esa xalta. Endi talab deyarli o'sha-o'sha qoladi, nazorati jiddiy bo'ladi (umid qilamanki, hamma uchun teng bo'ladi).

Masalan, “Paxtakor”da super klub bo'lish uchun nazariy jihatdan imkoniyat bor. Buning uchun klub tezroq futbol akademiyasiga, o'z stadioniga, bazasiga, futzal, ayollar, U18 jamoalariga ega (yana boshqa talablar ham bor albatta) va albatta xususiy bo'lishi kerak.

“Nasaf” esa o'sha PFK maqomiga mosroq (shu klubni bunyod qilganlar omon bo'lsin). Stadioni bor, bazasi bor, akademiyasi va boshqa narsalari bor. Ammo davlat korxonasi tomonidan moliyalashtiriladi. SHu klub O'zbekiston chempioni bo'la olmagan, biroq chempion bo'lgan ko'pgina klublarni infratuzilmasi bo'yicha ortda qoldiradi.

Qolgan hamma hozircha faqatgina FK (futbol klub). SHunchaki licenziyalash talablarini bajarishiga ko'ra Superliga, Pro-liga yoki 2-liga bo'lib tavsiflanadi. 2019 yildan boshlab Superliga va Pro-liganing talabi bir-biridan katta farq qilmaydi. Masalan, Superligadan tushib ketishi mumkin bo'lgan chunonchi “Neftchi” bilan, shu liga uchun Pro-ligadan davogar bo'lgan “Surxon” o'rtasida deyarli farq bo'lmasligi shart. Ikki liga o'rtasidagi kattagina jarlik (tafovut) yo'qolishi asosiy masaladir.

2-liga esa ayni vaqtda Pro-ligada to'p surayotgan va “mamlakat futboli rivojiga ulkan hissa qo'shayotgan” degan vohahay jumlalarni peshonasiga yozib olgan jamoalar uchun bo'ladi va liga PFL tasarrufiga kiritiladi.

Yana bir yangilikni aytishim kerak, kelasi mavsumdan boshlab faqat futzalga ixtisoslashgan (aytaylik “Ardus”) jamoalar ham istasa futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida ishtirok etishi mumkin. Ayollar jamoasidan boshqasini tan olmaydigan (masalan “Oqoltin”) ayollar chempionatiga qo'yiladi, agar PFLning ayollar jamoalari uchun belgilangan licenziyalash talabini bajarsa. SHuningdek, qaysidir tadbirkor U18 jamoasini tashkil qilishi uchun ham imkoniyat bor.    

Hozirgi “G'ijduvon”, “Xotira-79”, “Yozyovon” degan klublar o'zini ham, qolganlarni ham aldamay, bemalol, 2-ligada javlon urishga haqli. Ulardan stadion, klub va yana 1-2 narsa so'raladi, xolos. Qolganini ularning o'zi ham eplolmaydi. Nomi 2-liga bo'lgani bilan, darajasi hozirgi Pro-ligadan kam bo'lmaydi. Hozirgi Pro-liga esa yuqorida aytilganidek, Superliganing filialchasi bo'ladi (hech qanday farm klublar, chala klublar yo'q).


deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: -74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика