Diyor Imomxo'jaev "Navbahor" o'yinlari nega TVda qo'yilmayotgani haqida malumot berdi
27 may 2019 10:21
Yangiliklar


Diyor Imomxo'jaev "Navbahor" o'yinlari nega TVda qo'yilmayotgani haqida malumot berdi
PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida "Navbahor" ishtirokidagi o'yinlar nega televideniyada ko'rsatilmayotgani haqida malumot berdi.
"Navbahor" ishtirokidagi o'yinlar Sport-TV orqali atayin ko'rsatilmayotgani borasidagi izohlar tobora ko'paymoqda
O'zPFL va Sport-TV "Navbahor" ishtirokidagi bellashuvlarni jonli efirga kiritib kelmoqda. Biroq uchrashuvga bir necha kun qolganida, klub o'yin vaqtini o'zi uchun maqbul soatga belgilashni so'rab, murojaat bilan chiqadi. SHuning evaziga o'z rejalarini ikki hafta avval hal qilib oladigan Sport-TV bu jamoa ishtirokidagi o'yinlarni yozib olgan holda namoyish etishga majbur bo'lyapti. Oddiy misol, namanganliklarning "Andijon"ga qarshi o'yinlari ham jonli efirda ketishi kerak edi. Ammo o'yin vaqtini o'zgartirishni so'rab, klubning o'zi murojaat bilan chiqqan" - deyiladi Diyor Imomxo'jaev telegram kanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar