So’nggi yangiliklar

00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  1 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  1 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  3 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  8 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53 21:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўз рақибларини мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олишди  24 21:10Расман: "Атлетико" Баэнани "Вильярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  1

Diyor Imomxo'jaev: "Nasaf"ga medallar topshirilgan, klubda moliyaviy muammolar borligi fakt" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Nasaf"ga medallar topshirilgan, klubda moliyaviy muammolar borligi fakt"

O'zPFL bosh direktori "Nasaf" atrofidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Nasaf" klubiga tegishli kumush medallar borasida

O'zPFL o'tgan yilning 3 dekabr kuni "Nasaf"ga tegishli bo'lgan kumush medallarni klubga rasman topshirgan. Usha kuni "Nasaf" mavsumning so'nggi o'yinida "Lokomotiv" klubiga qarshi maydonga tushgan. 

Viloyat hokimining so'nggi uchrashuvga ehtimoliy tashrifi bilan kumush medallarni muxlislar ko'z o'ngida topshirish taklifi berilgan. Avvalroq "Nasaf" U-18 jamoasi ham o'z chempionlik medallarini aynan asosiy stadionda o'yindan keyinoq qabul qilib olgandi. Biroq klub asosiy tarkib futbolchilari keyinchalik alohida rag'batlantirilishini malum qilgan. Medallar klubning o'zida turibdi. 

"Nasaf" borasidagi so'nggi xabarlar borasida

"Nasaf" FK borasidagi qo'rqinchli xabarlarga bosiqlik bilan yondoshish to'g'riroq bo'ladi. Moliyaviy muammolar bor ekani fakt. SHuningdek, boshqaruv tizimida ham etarlicha muammo bor ekanini tan olish kerak. Buni klubning ketma-ket uch yildan buyon OFK licenziyasini ololmayotgani, shuningdek, "Mashal" va "SHo'rtan" klublari farqli ravishda tinimsiz harakatda ekani bilan izohlash mumkin. 

"Nasaf"ning tarqalib ketishini aniq talqin qilish kerak. Yani, etakchi futbolchilar va tajribali murabbiylar klubda ortiq ishlamaslikka qaror qilishlari katta ehtimol. Biroq bu "Nasaf"ning tarqalib ketishini bildirmaydi. Oddiy misol, SHo'rtan transferi taqiqidan kelib chiqib, Qashqadaryo hududidagi futbol maktablaridan 18-19 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni yig'ib, jamoa shakllantiryapti. "Nasaf"da esa bunday yoshlar ko'p. Klubning moliyaviy holati bo'yicha yakuniy xulosani muxlislar ham, jurnalistlar ham, klub rasmiylari ham ayta olmaydi. Yakuniy xulosa "Nasaf" futbol klubini moliyalashtiradigan korxona tomonidan aytilishi to'g'ri bo'ladi. Hozircha bizda "Nasaf" futbol klubi yopilishi borasida hech qanday aniq malumot yo'q. Qolaversa, mamlakat titanlaridan biri bo'lgan klubning shunchaki yo'q bo'lib ketishiga yo'l ham qo'yilmaydi. Qisqa qilib aytganda, xavotir olish to'g'ri, ammo vahima qilish nojoiz. 

Bu erda birgina achchiq haqiqat shundan iboratki, klublar smetasi doimo juda kech tasdiqlanadi. Bu esa futbol klublarini izdan chiqaryapti. Bu masala albatta tartibga solinishi shart", deyiladi xabarda.      

Eshitdik-da: OFK Kubogida o'ynashi mumkin bo'lgan "Nasaf" tarqab ketishi mumkin 




Reklama



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика