So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  0 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   1 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  16 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

Diqqat, CHLda yangi jangchi! Yangiliklar

Diqqat, CHLda yangi jangchi!

Klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirda muxlislar yana bir qator noyob iqtidor sohiblari mahoratlaridan zavq olish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. Marhamat ana shu futbolchilar bilan tanishing.

1. CHarles Arangis (Bayer)

CHililik yarim himoyachi - ECHL debyutantlari orasidagi eng yorqin o'yinchi. Bundan bir yil avval dorishunoslar tarkibiga qo'shilgan bo'lsada, jiddiy jarohat bois debyuti kechikib ketdi. Hozirda 27 yoshda bo'lgan CHarles o'zining nafis o'yinlari bilan dong taratgan. SHahzoda taxallusi bilan ulug'lanadigan futbolchi JCH-2014da CHili terma jamoasining etakchilaridan biri bo'lgandi.

2. Marko Alensio (Real)

Iqtidorli yarim himoyachi UEFA superkubogi uchun kechgan bahsda Sevilya darvozasini ajoyib tarzda zabt etish orqali qirollik klubidagi debyutini muvaffaqiyatli nishonlagandi. Garchi u endigina 20ga chiqqan bo'lsada, Zayniddin Zidanning suyukli shogirdlaridan biriga aylandi.

3. Birkir Byarnason (Bazel)

Tor laqabli bu futbolchi o'tgan yili Peskaradan Bazelga o'tib, mahoratini xalqaro arenada sinovdan o'tkazishni mo'ljallagandi. Afsuski ilk mavsumda Birkirning omadi chopmadi - so'nggi saralash bosqichida Bazel Isroilning Makkabisiga imkoniyatni boy bergandi. Joriy mavsumda esa jamoa to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichiga yo'l oldi. Endi Islandiya terma jamoasining Evro-2016dagi dastlabki goli muallifi o'z mahoratini namoyish etish imkoniga ega.

4. Mussa Dembele (Seltik)

Fulxem safidan joy olganida 16 yoshli futbolchi APLning barqaror jamoasida to'p suraman, degan fikrni xayolidan o'tkazgandi. Biroq dalachilar tez orada elitani tark etishdi. Franciyalik legioner esa CHempionship vakillariga 15ta gol tortiq etib, keyinchalik Seltikka yo'l oldi. Mussaning Glazgodagi debyuti muvaffaqiyatli chiqdi: avvaliga ECHLning saralash pley-off bosqichida Xapoel darvozasini ishg'ol etdi, keyin esa Glazgo derbisida xet-trikka erishdi.

5. Usmon Dembele (Borussiya D.)

Navbatdagi Dembele, zero Germaniyadan. 19 yoshli Usmon o'tgan mavsumda Franciya chempionatining yorqin yulduzlaridan biriga aylangandi. Evro-2016 turniridan chetda qolganligi ko'pchilikni ajablantirgandi. Yozda Barselona Dembelening qo'lga kiritish uchun ko'p urindi. Ammo Usmon Dortmundni tanladi.

6. Ganso (Sevilya)

Nafislikni xush ko'radigan pleymeker o'z vaqtida Neymar bilan yonma-yon Santosda saboq olgandi. Taniqli hujumchi Gansoning uslubini Zidan o'yinlariga o'xshatardi. Bu futbolchi qachondir superyulduz maqomiga erishishi aniq. Hozircha ko'p sonli jarohatli bunga imkon bermayapti. SHu bois braziliyalik iqtidor sohibi 26 yoshda Evropa klubidan joy oldi. U Sevilyaning hujumkor uslubiga osonlikcha moslasha olishiga shubha yo'q.

7. Jeymi Vardi (Lester)

Aslida tulkilar to'dasining barcha azolari nufuzli turnirdagi debyutga astoyidil hozirlik ko'rishmoqda. Ammo Vardining ishtirokiga qiziqish katta. CHunki u 29ga chiqdi. ECHLda to'p surish yana nasib etmasligi mumkin. Yozda Jeymi Arsenal taklifini rad etdi. qani ko'raylikchi, hujumchi Evropa grandlari darvozasiga yo'l topa olarmikan?

8. Xose Iskerdo (Bryugge)

Kolumbiyalik futbolchining sezilarli ko'magi evaziga Bryugge 2005 yildan buyon ilk marta chempionlik unvoniga sazovor bo'ldi. Endi jamoa Xosening tezkorligi va mahoratidan xalqaro musobaqada ham umidvor. Agar futbolchi ECHLda ham o'zini ko'rsata olsa, milliy terma jamoaning eshiklari ochilishiga shubha yo'q.

9. Vinsent Yanssen (Tottenxem)

AZdagi debyutini 27ta gol bilan yakunlagan futbolchi endilikda taqachilar tarkibidan mustahkam joy olib, uni bejizga van Nistelroyga qiyoslashlarini isbotlashi darkor. SHunday bo'lsa, yangi Gollandiya termasining o'zagidan joy oladi.

10. Nemanya Nikolich (Legiya)

O'tgan mavsumning barcha musobaqalarida Nikolich 36ta gol urgan bo'lsada, Evro-2016da Vengriya terma jamoasiga yordam berolmadi. Atigi 2 marta zaxiradan maydonga tushdi, xolos. To'g'ri, 28 yoshli hujumchiga xaridorlar etarli. Biroq 21 yillik tanaffusdan so'ng ECHLga qaytgan Legiya uni qo'yib yuborishni istamadi.

11. Lukas Peres (Arsenal)

Atigi birgina mavsumni samarali o'tkazgan 28 yoshli hujumchi uchun 17 mln. funt sarflagan Arsenal ko'pchilikning tanqidiga uchradi. Darhaqiqat, Deportivo safida Peres primero vakillarini 17 marta ranjitgandi. Ana mahsuldorlikni ECHLda ham ko'rsata oladimi?

12. Oljay SHohon (Beshiktosh)

O'ta noyob iqtidor sohibi hozircha Turkiya tashqarisidagi futbol muxlislariga unchalik tanish emas. Biroq Beshiktosh ishqibozlari unga oshiqu-beqaror. Oljay maftunkor texnikaga ega bo'lsada, barqaror emas. qolaversa, ancha kech ochildi. SHu bois, 29 yoshli hujumchidan kuch-mahoratini ishga solishi talab etiladi.

13. Jon Stounz (Manchester Siti)

Umidli, lekin beqaror o'yinchi. SHaharliklar uni qo'lga kiritish maqsadida Evertonga 47,5 mln. funt sterling sarflaganliklari tushunarli emas. Faqat Jon Gvardiola uslubiga mos ekanligi malum, xolos. Jamoa Barselona va Borussiya M.dek jiddiy raqiblarga qarshi maydonga tushadi.

14. Kamil Glik (Monako)

Bu futbolchi Leonardo Bonuchchi bilan Torinoda 5 yil samarali hamkorlik qilgandi. Ana shu davrda u nafaqat mustahkam himoyani balki muhim gollarni amalga oshirishga ham odatlandi. Evro-2016dagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng, 28 yoshli hujumchi Monako etakchisiga aylanishga urinib ko'radi.

15 Pyotr Zelinski (Napoli)

Navbatdagi polshalik iqtidor sohibi. Pyotr Mauracio Sarri bilan Napolidan avval Empolida ham birga ishlashgan. Demak, murabbiy uning salohiyatidan yaxshi xabardor. Neapolda o'z vatandoshi Arkadiush Milik bilan yonma-yon to'p suradi. Polshada iqtidorlar etarli, ammo Zelinski ular orasida Yamenda yaqqol ajralib turadi.

16. Aleksandr Zinchenko (PSV)

Kamtarin Ufaning suniy qoplamali maydonidan Manchester Sitidek grand klub tarkibiga yo'l olish va ECHLda ishtirok etish - fantastik parvoz! Ukrainalik futbolchi chindan ham yuksak salohiyatga ega. Lekin yuksak saviyadagi bellashuvlarda etarli tajribaga ega emasligi PSVdagi ijara faoliyatining muvaffaqiyatli kechishiga xalal berishi mumkin.

S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика