Diplomatik korpus vakillari o'rtasidagi musobaqada Tashqi ishlar vazirligi jamoasi chempion bo'ldi
29 sen 2019 17:55
Yangiliklar


Diplomatik korpus vakillari o'rtasidagi musobaqada Tashqi ishlar vazirligi jamoasi chempion bo'ldi
28 sentyabr kuni Toshkent shahar Respublika futbol bo'yicha sport mahoratini oshirish oliy maktabida futbol bayrami tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat ko'rsatish byurosi, O'zbekiston futbol associaciyasi va O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi hamkorligida Diplomatik vakolatxonalar o'rtasida mini-futbol bo'yicha musobaqa keskin kurashlarga boy bo'ldi. Yakunda musobaqa g'olibligi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga nasib qildi. Ikkinchi o'rinni AQSH elchixonasi vakillari egallagan bo'lsalar, kuchli uchlikka BMT jamoasi yakun yasadi.
Etiboringizga musobaqadan olingan suratlarni taqdim etamiz:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar