So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  1 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  1 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Dinamoning 2017 yildagi Eng yaxshi futbolchisi aniqlandi! Yangiliklar

Dinamoning 2017 yildagi Eng yaxshi futbolchisi aniqlandi!

Teglar :  Dinamo
2017 yilgi mavsumdan so'ng, o'tgan bir oy davomida Dinamo klubi rasmiy saytida muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilib, jamoaning bu yilgi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Klub rasmiy saytida «Sizningcha, «Dinamo» jamoasining 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi kim?» so'rovnomasida eng ko'p ovoz to'plagan futbolchi – Jasur Azimov bo'ldi. Butun mavsum davomida gohida himoyachi, gohida esa yarimhimoyachi sifatida faol to'p surgan samarqandlik 23 yoshli futbolchi jami ovozlarning 34 % foizi (121 ta)ga ega bo'ldi. Qayd etish joiz, Jasur mavsum davomida 25 o'yinda ishtirok etib, «Nasaf» va «Neftchi» darvozasiga gol urgandi.

Ushbu nominaciyada Jasur Azimovga Adnan Oraxovac «raqobatchi» bo'ldi. CHernogoriyalik himoyachi bu borada 22,7 % (80 ta ovoz) bilan 2-o'rinni oldi. Ikkinchi davrada «Dinamo» safiga kelib qo'shilgan legioner «Neftchi» va «Lokomotiv» darvozasini ishg'ol etib, muhim ochkolarni keltirdi.

So'rovnomada 3-o'rindan Radu Rogak joy oldi. Moldovalik 21 yoshli himoyachi o'zidan yaxshi taassurot qoldira oldi. Unga 15,9 foiz (56 ta) ovoz berilgan. Aynan Raduning yagona goli evaziga «Dinamo» safarda «Paxtakor»ni mag'lub etgan edi.

SHuningdek, so'rovnomada Amirjon Safarov 33 (9.4%), Akmal Bozorov 24 (6.8%), Abdumalik Abdullaev 24 (6.8%), Sardor Sulaymonov 10 (2.8%), Mixail Naumov 4 (1.1%)larga ovoz berildi.

Eslatib o'tamiz, 2007 yildan buyon klub matbuot xizmati tomonidan so'rovnoma orqali aniqlanib kelinayotgan «Dinamo»ning «mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi» nomiga quyidagi futbolchilar loyiq ko'rilgan:


«Dinamo»ning «yil futbolchisi» nominaciyasi g'oliblari:

2007 yil – Farhod Tojiev

2008 yil – Ilyos Qurbonov

2009 yil – Bahodir Nasimov

2010 yil – Ilhom Yunusov

2011 yil – [Devid Oniya]

2012 yil – Ivan Nagaev

2013 yil – Andrey Melnichuk

2014 yil – Andrey Melnichuk.

2015 yil – Kamoliddin Murzoev.

2016 yil – Amirjon Safarov.

2017 yil – Jasur Azimov.



«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика