So’nggi yangiliklar

00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  0 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  0 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  2 00:05ПСЖ ва "Тоттенхэм" Европа Суперкубоги учун жанг қилишмоқда (онлайн ҳисоб)  10 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  0 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  3 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  20 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  15 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1 22:28Мирко Йеличич: "Юрагимнинг ярми "Олимпик"да, ярми "Локомотив"да бўлди"  1 21:52Тезкор: "Галатасарой" Эдерсон билан келишувга эришди  2 21:50Турдимуродов ўйин қаҳрамонига айланган учрашувда "Бунёдкор" Термизда мағлуб бўлди  24 21:34"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  3 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  3

"Dinamo"dan tushunarsiz qaror Yangiliklar

"Dinamo"dan tushunarsiz qaror

O'zbek futboli nima uchun rivojlanmasligini "Dinamo" klubi rahbariyati qabul qilgan qaror yana bir karra ko'rsatib berdi.

O'tgan mavsumni Proligada o'tkazib, Superligaga qaytgan "Dinamo" katta niyatlar bilan yangi mavsumga kirishdi. Ammo tushunarsiz qarorga ko'ra, jamoani Superligaga qaytargan Hakim Fuzaylov istefoga chiqarilib, o'rniga serbiyalik Predrag Rogan taklif etildi. 


Lekin Superliganing 9ta turi ortda qolib, Predrag Rogan ham ishdan olingani elon qilindi. Buni hech ikkilanmasdan tushunarsiz qaror desa bo'ladi. 

Birinchidan, "Dinamo" bu yil Superligaga qaytdi va Proligadan chiqqan jamoa birdaniga natija ko'rsata olmaydi. O'tgan yil buni "Turon" misolida ko'rdik. 

Ikkinchidan, "Dinamo" super darajadagi moliyaviy imkoniyatga ega emas. Klub haminqadar o'z aravasini tortib yuribdi. 

Uchinchidan, "Dinamo" super transferlarni amalga oshirmadi. Qozonda bori cho'michga chiqadi deganlaridek, hozirgi tarkib bilan osmondagi oyni orzu qilish amrimahol. 

To'rtinchidan, "Dinamo" rahbariyati xorijdan murabbiy olib keldimi, unga vaqt berishi kerak edi. 

Raqamlarni yana davom ettirsa bo'ladi. Biz faqat asosiylariga to'xtaldik. "Dinamo" rahbariyatining bu qarori rahbariyat faqat natija ortidan quvishini, klubda futbol g'oyasi hamda uzoqni ko'zlagan reja yo'qligini ko'rsatib berdi.

Ha, to'g'ri "Dinamo" shu paytgacha faqat bir marta g'alaba qozondi va jamoa 6 ochko bilan quyi o'rinlarda boryapti. 9ta o'yinda 1 g'alaba, 3 durang va 5 mag'lubiyat. To'plar nisbati 7-11. 

Lekin bir tahlil qilib ko'raylik, "Dinamo" o'zi shu paytgacha kimlar bilan o'ynadi? Qaerda qo'pol xatoga yo'l qo'ydiki, rahbariyat hatto birinchi davra tugashini kutmasdan murabbiyni olib tashladi?


1-tur. "Dinamo" - "Paxtakor" 0:2

Mavsumning dastlabki o'yinida amaldagi chempiondan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni tushunsa bo'ladi. Qolaversa, "Paxtakor" mavsum boshida hozirgidan kuchli edi. 


2-tur. "So'g'diyona" - "Dinamo" 1:0

Jizzaxdan ochko olib qaytish oson emas. SHu bois kichik mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilsa bo'ladi. Bu o'rinda "So'g'diyona" o'tgan yil 2-o'rinni egallab, o'z tarkibini saqlab qolganini ham unutmaylik. 


3-tur. "Dinamo" - "Qizilqum" 0:0

O'z tarkibiga "Lokomotiv"ning etakchi sobiq futbolchilarini yig'ib olgan "Qizilqum" bilan durangni ham tushunsa bo'ladi. Axir raqib safida bir necha bor O'zbekiston chempioni bo'lgan futbolchilar bor. 


4-tur. "Bunyodkor" - "Dinamo" 2:1

"Dinamo" Toshkentda "Bunyodkor"ga qarshi chiroyli o'yin namoyish etdi, biroq oxirgi daqiqada o'tkazib yuborilgan gol tufayli alamli mag'lubiyatga uchradi. Aslida jamoa ko'rsatgan o'yin durangga loyiq edi. 


5-tur. "Dinamo" - "Lokomotiv" 3:1

"Dinamo"ning joriy mavsum ilk hamda hozircha yagona bo'lib turgan g'alabasi uyda "Lokomotiv" bilan qo'lga kiritildi. Aytish mumkinki, samarqandliklarning eng chiroyli o'yini shu bahsda ro'y berdi. 


6-tur. "Dinamo" - "Neftchi" 1:1

Proligadan chiqqan ikkita jamoa qarama-qarshiligi durang bilan yakun topdi. Balki mezbonlar shu o'yinda ham g'alaba qozonishlari kerakmidi?


7-tur. "Olimpik" - "Dinamo" 1:1

Dinamo 7-turni ham Proligadan chiqqan jamoaga qarshi o'tkazib, safarda "Olimpik" bilan durang o'ynadi. Tarkiblardan kelib chiqqan holda mehmonlar g'alaba qozonishlari mumkin edi desa bo'ladi. 


8-tur. "Dinamo" - "Navbahor" 0:1

O'z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor"ni qabul qilgan "Dinamo" 90+4-daqiqada gol o'tkazib, alamli tarzda imkoniyatni boy berdi. O'sha gol bo'lmaganida jamoa yana bir ochkoga ega chiqqan bo'lardi. 


9-tur. "Metallurg" - "Dinamo" 2:1

Bekobodda olti ochkolik bahs bo'ldi. CHunki jamoalar turnir jadvalida ketma-ket o'rinlarda borayotgandi. Og'ir kechgan o'yinda "Dinamo" alamli mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuvda Oybek Nurmatov hisobni ochgani bilan maydon egalari 90+4 va 90+7-daqiqalarda to'p kiritib, g'alabani ilib ketishdi. O'yinda "Dinamo" vaqtni ko'p cho'zgani haqida rosa gapirildi. Lekin unutmang, jamoa 49-daqiqada Evgeniy CHumak qizil kartochka olishi sababli bir kishi kam bo'lib qolgandi. Endi mehmonda o'ynayotgan jamoa baribir vaqtni cho'zishga harakat qiladi. Ammo bu "qiliq" qimmatga tushdi. 


SHipilov nima qilib beradi? 

Aytish mumkinki, hech narsa. Balki natija yaxshi tomonga o'zgarar. Lekin serbiyalik murabbiy Predrag Rogan jamoaga o'z falsafasini olib kirayotgandi. Nimanidir o'zgartirishga harakat qilayotgandi. Eng muhimi, murabbiyda futbol g'oyasi borligi sekin-asta ko'zga tashlanayotgandi. Ishqilib SHipilov borini ham yo'q qilib, hammasini rasvo qilmasa bo'lgani. 

Barsa Bloger.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика