"Dinamo" tasdiqladi: "Navbahor"ga o'tgan forvard bo'yicha huquqiy ish ochiladi
21 jan 2022 16:36
Yangiliklar
"Dinamo" tasdiqladi: "Navbahor"ga o'tgan forvard bo'yicha huquqiy ish ochiladi
Bugun "championat.asia"ning "Eshitdik-da!" rukni bu transferdan futbolchining sobiq klubi norozi ekani va sudlashishi haqida xabar berdi. Oradan bir necha soat o'tib, gruzin jamoasi matbuot xizmati bu borada rasmiy bayonot berdi.
"Dinamo" Zoran Marushichning transferi borasida huquqiy bahsni boshlab yubordi. Bunga serbiyalik futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasini bir tomonlama buzgani asos bo'lmoqda. Hujumchi Tbilisi klubi bilan shartnomani uzaytirganiga qaramay, faoliyatini chet elda davom ettirishga qaror qildi va FIFAning xalqaro huquq normalarini buzdi.
Malumot uchun, "Dinamo" 2021 yilning dekabr oyi boshida Zoran Marushich bilan shartnomadagi tegishli bandni faollashtirdi. Unga ko'ra tomonlar o'rtasidagi hamkorlik bitimi avtomatik tarzda 2022 yilning oxiriga qadar uzaytirilgan", - deyiladi xabarda.
Eshitdik-da! "Navbahor"ga o'tgan Marushich eski va yangi klubini qiyin ahvolda qoldirmoqda
Fikrlar