"Bugun O'zbekiston chempionatida qiziqarli kun". Boyan Miladinovich Samarqand va Farg'onadagi o'yinlar oldidan nimalar dedi?
11 avg 2025 16:52
Yangiliklar
"Bugun O'zbekiston chempionatida qiziqarli kun". Boyan Miladinovich Samarqand va Farg'onadagi o'yinlar oldidan nimalar dedi?
Samarqandda "Dinamo" – "Paxtakor", Farg'onada "Neftchi" – "Nasaf" uchrashuvlari oldidan serbiyalik sobiq futbolchi, o'zbekistonlik muxlislarga tanish bo'lgan Boyan Miladinovich fikrlarini bildirdi.
"Dinamo" bu yil o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda, lekin bugun "Paxtakor" yutsa kerak deb o'ylayman. Agar "sherlar" 3 ochko qo'lga kirita olmasa, chempionlik uchun imkoniyatlarni butkul yo'qotadi. G'alaba bu yo'ldagi kurashni saqlab qolishiga turtki bo'ladi.
"Neftchi" – "Nasaf" o'yini qiziqarli bo'ladi. Farg'onaliklar o'tgan o'yinda so'nggi daqiqalarda g'alabaga erishdi. "Nasaf" durang o'ynadi. Buni qarangki, "Neftchi" ham chempionlik uchun raqibini quvib kelmoqda. Ular g'alaba qozongan taqdirdagina intriga saqlanib qolishi mumkin. Aks holda "Nasaf"ning yutug'i chempionlikka tashlangan katta qadam bo'ladi. Fikrimcha, bu jamoalar oxirgi turga qadar oltin medallar uchun kurashishadi. O'zbekiston chempionatida bugun juda qiziqarli kun bo'lishini kutyapman", – deydi Boyan Miladinovich.
Eslatib o'tamiz, "Neftchi" – "Nasaf" bellashuvi 19:00 da, "Dinamo" – "Paxtakor" qarama-qarshiligi esa 20:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar