So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Ekspert fikri. Murod Ismoilov: "Neftchi" chempionlikka katta qadam tashladi, "Nasaf" osonlikcha taslim bo'lmasa kerak" Yangiliklar

Ekspert fikri. Murod Ismoilov: "Neftchi" chempionlikka katta qadam tashladi, "Nasaf" osonlikcha taslim bo'lmasa kerak"

Biroz oldin Superliga 18-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv yakunlandi.

Farg'ona mezbonlik qilgan "Neftchi"  - "Nasaf" uchrashuvida mezbonlar 1:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Bu orqali Vitaliy Levchenko shogirdlari raqibi bilan ochkolardagi farqni qisqartirib oldi va chempionlik uchun kurashda davom etadigan bo'ldi. Mazkur uchrashuv yuzasidan tajribali mutaxassis va murabbiy Murod Ismoilovning fikrlarini tingladik. 

"Olti ochkolik o'yinda "Neftchi" g'alaba qozondi. Bu g'alaba bilan barcha farg'onalik muxlislarni tabriklayman. "Nasaf" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman. 

Kurashga boy va kuchli o'yin bo'lganligi ko'rinib turdi. "Nasaf" o'yin nazorati, uzatmalar aniqligi, burchak to'plari borasida ustunlik qilgani malum, lekin natijada yagona penaltidan urilgan gol o'yin taqdirini hal qildi. Bu erda muhimi statistika yoki chiroyli o'yin emas, g'alaba. Shaxsan viloyat hokimimiz o'yindan oldin katta motivaciya bergandilar. O'yinni bevosita stadiondan kuzatdilar va xursandchiliklarini muxlislar bilan baham ko'rdilar. Bu chempionlik uchun katta qadam deb hisoblayman. "Neftchi"ga navbatdagi o'yinlarda ham g'alabalar tilayman. Yigitlardan shu ruhda davom etishlarini so'rab qolaman. 

"Nasaf" hali o'z so'zini aytadi, bu jamoa doim yuqori natijalarga intilib kelgan. Shunday ekan chempionlikni osonlikcha topshirib qo'ymasa kerak deb o'ylayman. Ro'ziqul Berdiev va uning jamoasi oxirigacha kurashadi. Futbol muxlislarini yana bir bor tabriklab qolaman",- deydi Murod Ismoilov.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика