"Dinamo": SHixov eng sermahsul, Samatovda eng ko'p o'yin
10 iyu 2014 10:50
Yangiliklar
"Dinamo": SHixov eng sermahsul, Samatovda eng ko'p o'yin
Birinchi davra rasman yakuniga etgach, "Dinamo"ning mavsumning birinchi qismiga oid sarhisoblarni keltiramiz.
ENG KO'P O'YIN
Jamoamizning dastlabki davra o'yinlarida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi bu - Alisher Samatov bo'ldi. O'ng qanot himoyachisi bo'lib o'tgan barcha – 13 uchrashuvda maydonga tushib, 1150 daqiqa davomida maydonda to'p surdi. Bu orada u 3 marotaba sariq kartochka bilan siylangan. Maydonda o'tkazilgan daqiqalar bo'yicha keyingi ikki o'rinni Asror Aliqulov 1080 daqiqa va Andrey Melnichuk 1064 daqiqa bilan egallagan. Ularning davra davomidagi o'yinlarda maydonga tushishi 90% dan ortiq.
ENG SERMAHSUL FUTBOLCHILAR
Jamoamizning eng sermahsul futbolchisi Sanat SHixov bo'ldi. 24 yoshli futbolchi 12 uchrashuvda 1023 daqiqa to'p surib, bu orada 4 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol etishga erishdi. SHuningdek, jamoamizning 3 ta goliga hammualliflik qildi. SHuningdek, Abdullo Nabiev, Zayniddin Tojiev va G'ulom Urunovlar 2 marotabadan raqiblar darvozasini ishg'ol etishdi.
ENG KO'P SIYLANGANLAR
Jamoaning eng barqaror va qo'pol futbolchilari qatorini markaziy himoyachisi Ildar Mamatkazin boshqarib turibdi. Ushbu futbolchi 11 o'yinda 5 marotaba hakamlar tomonidan ogohlantirilgan. Keyingi o'rindagi universal futbolchi Akmal Xolmurodov esa 10 ta uchrashuvda 3 marotaba ogohlantirilgan va bir marta maydondan chetlatilgan. Zayniddin Tojiev hisobida ham 4 ta sariq kartochka mavjud.
ENG FAXRIY VA ENG YOSH
Birinchi davra davomida jamoamizda to'p surgan eng yoshi katta futbolchi – 37 yoshli tajribali hujumchi Zayniddin Tojiev bo'ldi. Eng yosh futbolchilar yaqinda 18 yoshini qarshilagan Muhammadjon Rajabov va Xolmo'min Davronovlar bo'lishdi.
DEBYUTANTLAR
Joriy yilda Samarqand jamoasining uch nafar futbolchisi Oliy ligada o'z debyutini o'tkazdi. Xususan, Muhammadjon Rajabov, Xolmo'min Davronov va Akbar Siddiqovlar faoliyatlarida ilk marta chempionat bahslarida maydonga tushishdi.

Fikrlar