So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Dinamo" Samarqand futboli muzeyida bo'ldi Yangiliklar

"Dinamo" Samarqand futboli muzeyida bo'ldi

Teglar :  Dinamo
Xabaringiz bor, uch yil avval Samarqand futboli faxriysi Valeriy Qodirov faolligida Dinamo stadionida Samarqand futboli mezeyi tashkil etilgan edi.

Uch yillik faoliyati davomida muzey yana bir qancha tarixiy eksponatlar bilan boyidi.

Kuni kecha Ilhom SHaripov boshchiligidagi Dinamo jamoasi ushbu muzeyga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida xizmat ko'rsatgan sport ustasi, futbol faxriysi Valeriy Mamajonovich Dinamo futbolchilariga Samarqand futbolining o'tmishi haqida gapirib berib, klub viloyat futboli mavqeini oshirishi lozimligini uqtirdi.

Ilhom SHaripov jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangach, klub asosi mahalliy yoshlardan tashkil etilgani va jamoa ayni damda o'z oldiga qo'yilgan maqsad – Oliy Ligaga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turgani bizni xursand etmoqda. CHunki, birinchi o'rinda poydevor yaxshi qo'yilishi kerak. Natija ham shundan keyin bo'ladi. Bugun jamoa azolarining viloyatimiz futboli muzeyiga tashrif buyurganidan juda xursand bo'ldim. Yosh futbolchilarimiz Samarqand futboli ulkan va yorqin tarixga ega ekanligini bilib, viloyatimiz futboli shon-shuhrati uchun kurashishlari lozim. Samarqand futboli 56 yillik tarixi davomida Evropadagi Franciya, Vengriyadan tortib, Osiyodagi Vetnam mamlakatida bo'lib, zafarli natijalarga erishib qaytganligini bilishlari kerak. Zero, tarixsiz kelajak bo'lmaydi - deydi Valeriy Qodirov.

Futbolchilar muzeydagi mashhur darvozabon Lev Yashin, boks qiroli Muhammad Alining Samarqanddagi tashrifi, Dinamo jamoasining yarim asrlik davri davomidagi yutuqlarini ko'rib katta taassurotlar olishdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика