So’nggi yangiliklar

09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  1 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  10 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  12 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  3 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  9 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  17 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  2 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1

Dinamo rahbariyatida o'zgarish: Uchqun Qobilov o'rniga Dilshod SHarofutdinov bosh direktor etib tayinlandi Yangiliklar

Dinamo rahbariyatida o'zgarish: Uchqun Qobilov o'rniga Dilshod SHarofutdinov bosh direktor etib tayinlandi

Bugun, 15 dekabr kuni Dinamo PFK qarorgohida yig'ilish o'tkazilib, unda tashkiliy masala ko'rildi.

Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov, viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHuhrat Ro'ziev va mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda jamoa azolari ishtirok etgan yig'ilishda «Dinamo» klubining 2023 yilgi mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagani etirof etilib, 2023 yilgi mavsumda jamoadan samarqandlik muxlislarning umid katta ekani takidlandi.

Yig'ilishda so'nggi uch yil davomida «Dinamo» PFK bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Uchqun Qobilov «Pro» licenziyasi uchun o'qishi sababli o'z arizasiga ko'ra, lavozimidan ozod etilgani malum qilindi. Uning o'rniga klub homiysi hamda viloyat rahbariyati taklifi bilan Dilshod SHarofutdinov «Dinamo» PFK bosh direktori sifatida rasman tanishtirildi. 

38 yoshli mutaxassis o'z vaqtida «Dinamo», «Paxtakor», «Navbahor» klublari sharafini munosib himoya qilib, so'nggi yillarda jamoada yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Yig'ilish yakunida viloyat rahbariyati va klub homiylari Dilshod SHarofutdinovga katta masuliyat yuklanganini malum qilib, Samarqand futbolini birgalikda yangi darajaga olib chiqish, klub bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan hamjihatlikda yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishni tashkil etish yo'lida omad tilab qolishdi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика