Dinamo PFK vakillarining O'FAga chaqirilgani haqidagi xabar bo'yicha raddiya
13 noy 2021 20:22
Yangiliklar
Dinamo PFK vakillarining O'FAga chaqirilgani haqidagi xabar bo'yicha raddiya
Championat.asia sayti bugun, 13 noyabr kuni Eshitdik-da! rukni ostida Dinamo - Nurafshon uchrashuvidagi gollar bo'yicha Dinamo vakillari O'FAga chaqirildi, - deya xabar elon qildi.
«Dinamo» PFK rahbariyati shuni malum qiladiki, Pro liga doirasidagi «Dinamo» - «Nurafshon» (1:2) o'yinidan keyin klub vakillari O'zbekiston futbol associaciyasiga chaqirilmagan. Bu boradagi xabarlar asosga ega emas.
Superligaga muddatdan avval yo'llanmaga ega bo'lgan «Dinamo» jamoasi so'nggi turlardagi mag'lubiyatlarga qaramay, ishchan kayfiyatda professional burchiga to'g'ri yondashgan holda Pro liganing so'nggi 24-turi doirasidagi «Neftchi»ga qarshi bahsga tayyorgarlikni ertadan boshlaydi.
Fikrlar