

Mazkur turnirda xududiy futbol assotsiatsiyalari tomonidan tashkil etilgan 2-liga va viloyat kubogi musobaqalari orqali yetib kelgan jami 12 ta jamoa ishtirok etmoqda. Reglamentga ko'ra, o'tish turnirining finaliga yo'l olgan jamoalar yangi mavsumdan boshlab Birinchi ligaga yo'l olishlari belgilab qo'yilgan.
Bugun mazkur musobaqaning yarim final bosqichi o'yinlariga start berildi va Buxoro shahrining "Nurafshon" klubi Sirdaryo viloyatining "Guliston" jamoasini penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etib, finalga yo'l oldi.
2022 yilda tashkil etilgan "Nurafshon" klubining o'tish o'yinlaridagi natijalari quyidagicha bo'ldi:
Guruh bosqichi
"Nurafshon" - "Cementchi" 0:0
"Lochin" - "Nurafshon" 0:6

Chorak final
"Nurafshon" - "Istiqlol" 4:1
Yarim final
"Guliston" - "Nurafshon" 0:0 (penaltilar bo'yicha – 4:5)

Qayd etilgan natijalarga ko'ra, Buxoro shahrida tashkil etilgan "Nurafshon" klubi yangi mavsumdan Birinchi ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Jamoa nomi: "Nurafshon"
Tashkil topgan yili: 2022
Bosh homiy: Buxoro shahar hokimligi
Klub prezidenti: Jamoliddin Nosirov
Klub bosh direktori: Azimjon Xolov
Jamoa bosh murabbiyi: Komiljon Samiev
Yordamchi murabbiylar: Dilshod Saxatov, Ravshan Samadov
Shifokorlar: Akbar Mirzaev, Islom Boboqulov
Musobaqaning final uchrashuvi 13 dekabr kuni bo'lib o'tadi.



