Birinchi liga. "Nurafshon" moliyaviy muammolar sabab "Shahrixonchi"ga qarshi o'yinga bora olmadi va texnik mag'lubiyat qabul qilib oldi

Administrator
18 iyun 2023, 20:48
Birinchi liga klubi moliyaviy muammo sabab o'yinga yetib bora olmadi.

Birinchi liga to'qqizinchi turidan o'rin olgan "Shahrixonchi" - "Nurafshon" uchrashuvi o'tkazilmadi. Bunga mehmon jamoaning o'yinga tashrif buyurmagani sabab bo'lgan. "Nurafshon" jamoasi iqtisodiy muammolar tufayli o'yinga kela olmadi.

Birinchi liga reglamentining 9.7 bandiga asosan "Nurafshon" jamoasiga 0:3 hisobidagi mag'lubiyat yozildi. "Shahrixonchi" esa o'z navbatida 3:0 hisobidagi texnik g'alabaga ega chiqdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://t.me/birinchiligauzb