

Dinamo PFK rahbariyati shuni ma'lum qiladiki, Pro liga doirasidagi Dinamo - Nurafshon (1:2) o'yinidan keyin klub vakillari O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga chaqirilmagan. Bu boradagi xabarlar asosga ega emas.
Superligaga muddatdan avval yo'llanmaga ega bo'lgan Dinamo jamoasi so'nggi turlardagi mag'lubiyatlarga qaramay, ishchan kayfiyatda professional burchiga to'g'ri yondashgan holda Pro liganing so'nggi 24-turi doirasidagi Neftchiga qarshi bahsga tayyorgarlikni ertadan boshlaydi.



