"Dinamo" muxlislari Toshkentga borishadi
22 may 2015 15:07
Yangiliklar


"Dinamo" muxlislari Toshkentga borishadi
Dinamo jamoasini har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlayotgan jamoaning sodiq muxlislari ushbu turda Toshkentga safar qilishadi.
Malumki, 10-turda Dinamo jamoasi safarda Bunyodkor mehmoni bo'ladi. 23 may shanba kuni Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadigan bahsda Dinamo jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida samarqandlik muxlislar poytaxt tomon yo'lga otlanishadi.
Ushbu safar o'yiniga borishni maqsad qilgan va Dinamo jamoasiga stadiondan turib muxlislik qilishni xohlovchi samarqandlik muxlislar+99890 657 56 40 telefon raqamlariga murojaat etishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv shanba kuni soat 19:00da boshlanadi.

Fikrlar