"Dinamo" 14 yildan so'ng oliy ligada bir o'yinda 6ta gol o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2015, 11:10
Oliy liganing 27-turida Samarqandning "Dinamo" klubi Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'lib 0:6 hisobida yutqazib qo'ydi.

Shu tariqa, "Dinamo" oxirgi 14 yilda birinchi bor bitta o'yinda 6ta gol o'tkazib yubordi. So'nggi bor 2001 yilning 23 oktyabr sanasida "Neftchi" mehmoni bo'lgan "Dinamo" 3:6 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Jamoa oxirgi marta 1997 yilning 9 noyabr sanasida bir o'yinda 6ta to'p farqi bilan yutqazgan. namanganda "Navbahor"ga qarshi kechgan bahsda "Dinamo" 1:7 hisobida mag'lub bo'lgan.

Dinamoning oliy ligadagi eng yirik mag'lubiyati esa 0:8ga teng. Samarqand klubi 1997 yilgi mavsumda "Surxon" va "Neftchi"ga qarshi kechgan safardagi o'yinlarda shu hisobda imkoniyatni boy bergan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia