So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  0 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Dilyaver Vaniev: "Suyunov va Quvvatov "Nasaf" akademiyasidan chiqmagan" Yangiliklar

Dilyaver Vaniev: "Suyunov va Quvvatov "Nasaf" akademiyasidan chiqmagan"

"Mashal" va "Nasaf" jamoalari o'rtasida kechgan voha derbisidan so'ng mezbonlar katta murabbiyi Dilyaver Vaniev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. “Nasaf” biz uchun principial raqib hisoblanadi. Ular qanotlarda havfli o'yin ko'rsatadi. Futbolchilar esa bunga imkoniyat berishmadi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. O'yinga tayyorlagan rejamiz ish berdi. Raqib bizni qaysidir manoda ortga qaytishga majbur qildi. Kamchiliklar, xatolar bo'ldi. Lekin chiziqlar orasidagi hududlarni yopish va raqibni qanotga o'tishga majbur qilish borasidagi ko'rsatmalarimizni yigitlar yaxshi bajarishdi.

Bugun darvozabonimiz yaxshi o'yin namoyish qildi. Kichik xatolar bo'lib turdi. Lekin, unga katta etiroz yo'q. U “Mashal” akademiyasidan chiqqan. Bilsangiz, televizorda va boshqa OAVda Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatovni “Nasaf”dan chiqqan deyishadi. Aslida ular ham klubimiz tarbiyalananuvchilari hisoblanadi. Jamoamiz ko'plab posbonlarni etishtirib bergan. Hozirda “Lokomotiv”da to'p tepayotgan Javohir Ilyosov ham bunga bir misol.

“Nasaf” akademiyasi ham zo'r. Bu klubda ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan. SHu bois “Paxtakor” ushbu jamoadan ko'plab futbolchilarni oladi.

Bir ochkodan qoniqish xosil qildimmi? Keling, ochiqchasini aytay, natija qaysidir manoda meni qanoatlantirdi”,- deydi Dilyaver Vaniev.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика