Dilshod Rahmatov: "Tayyorgarlikka yarasha uchinchi o'rin yomon bo'lmadi, deb o'ylayman"
10 okt 2022 08:20
Yangiliklar
Dilshod Rahmatov: "Tayyorgarlikka yarasha uchinchi o'rin yomon bo'lmadi, deb o'ylayman"
O'zbekiston futzal terma jamoasining etakchisi Dilshod Rahmatov Osiyo chempionatidagi ishtirok haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu Osiyo chempionati keyingi qita musobaqasi uchun yaxshi tayyorgarlik bo'ldi. Uchinchi o'rinni olganimiz navbatdagi Osiyo chempionati savatchalariga tasir qiladi. Fikrimcha, tayyorgarlikka yarasha bronza medali yomon bo'lmadi, deb o'ylayman.
Guruh bosqichidan keyin eng kuchli jamoalar qoladi. Biz yanada yaxshiroq tayyorlanishimiz kerak. Kuchli terma jamoalar bilan ko'proq o'ynashimiz zarur", - deydi Dilshod Rahmatov.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
Fikrlar