So’nggi yangiliklar

10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  5

Dilshod Nuraliev U-16 OCH saralashiga 22 futbolchini jalb qildi Yangiliklar

Dilshod Nuraliev U-16 OCH saralashiga 22 futbolchini jalb qildi

Teglar :  Dilshod Nuraliev
SHu yilning 16–24 sentyabr kunlari O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlarini o'tkazadi.

Qura natijasiga ko'ra, O'zbekiston o'smirlar termasi “A” guruhidan joy oldi va guruhda mezbon Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iordaniya va SHri-Lankaga qarshi bahs olib boradi.

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa Toshkentda so'nggi o'quv-yig'in mag'shulotlarini o'tkazib, saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. 22 futbolchidan iborat jamoa 16 sentyabr kuni Ar-Riyod shahriga etib keladi. Quyida O'zbekiston U-15 termasining OCH saralashida ishtirok etadigan tarkibi bilan tanishish mumkin.  

Darvozabonlar: Mo'minmirzo Qodirov, Xurshid Muhammadjonov, SHukron Yo'ldoshev;

Himoyachilar: Sardor Abdurashidxo'jaev, Xurshid Ubaydullaev, Jasurbek Abdulbekov, Miraziz Saidov, Doniyor Sobirov, Otabek Jo'raev;

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo'riev, Boburmirzo Ergashev, Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Ruslan Roziev, Diyor Rahimqulov, Mironshoh Sattorov, Mirjalol Qosimov, Javohir Abdualimov;

Hujumchilar: Igor CHikrizov, Temur Mamasiddiqov, Bo'ronbek Mirzasalimov, Boburbek Sobirov.

Barcha bellashuvlar Ar-Riyod shahridagi Prince Faisal bin Fahd Stadium maydonida bo'lib o'tadi. Quyida U-16 OCH saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari taqvimi quyida keltirilgan:

U-16 OCH–2018 saralashi

“A” guruhi o'yinlari

16 sentyabr, shanba

19:15 SHri-Lanka – Bahrayn
22:15  Iordaniya – Saudiya Arabistoni

18 sentyabr, dushanba

19:15  Bahrayn – O'zbekiston
22:15  SHri-Lanka – Iordaniya

20 sentyabr, chorshanba

19:15  O'zbekiston – SHri-Lanka
22:15  Saudiya Arabistoni – Bahrayn

22 sentyabr, juma

19:15  Iordaniya – O'zbekiston
22:15 Saudiya Arabistoni – SHri-Lanka

24 sentyabr, yakshanba

19:15  Bahrayn – Iordaniya
22:15  O'zbekiston – Saudiya Arabistoni

Eslatma: O'yin soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Malumot uchun, U-16 Osiyo chempionati saralashida OFKga azo jami 45 mamlakatning o'smirlar terma jamoalari 10 guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi. Guruhda birinchi o'rinni egallagan 10 ta hamda eng yaxshi 5 ta ikkinchi o'rin sohiblari mezbon Malayziyaga qo'shilgan holda OCH finaliga yo'llanma oladi. U-16 Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 20 sentyabr  – 7 oktyabr kunlari Malayziyada o'tkaziladi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика