So’nggi yangiliklar

16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  0 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  3 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  4 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7

Dilshod Karimov: "Paxtakor" yana o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga to'ldi" Yangiliklar

Dilshod Karimov: "Paxtakor" yana o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga to'ldi"

Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'yinda "Paxtakor" safida 9 nafar akademiya tarbiyalanuvchisi maydonga tushdi.

Asosiy tarkibda Hojiakbar Alijonov (1997), SHahzod Azmiddinov (2000), Muhammadqodir Hamraliev (2001), Sardor Sobirxo'jaev (1994), Abbos Fayzullaev (2003) maydonga tushirildi. Ikkinchi taymda esa Po'latxo'ja Xoldorxonov (2003), Behruz Asqarov (2003), Diyor Xolmatov (2002) va Rustam Turdimurodov (2004) o'yinga qo'shildi. SHuningdek, SHahzod Rahmatullaev (2003) va Abubakir Ashurov (2003) qaydnomadan joy oldi. Guvohi bo'lganingizdek, jamoa kecha 20 o'yinchidan iborat qaydnomada 11 nafar akademiya futbolchisidan foydalandi. 

"Mana sekin biz istagan jamoa shakllanib boryapti. Kecha qayd etilgan natija anchadan beri klubimizda bo'lmayotganini aytishdi. Xursand bo'ldik, klub yana o'z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga to'ldi", – dedi jamoa raisi o'rinbosari Dilshod Karimov.

Mutaxassis so'zida davom etar ekan, quyidagilarni qo'shimcha qildi:

- Ko'pchilik "Paxtakor"ni boshqa jamoalardan kelgan o'yinchilar evaziga tuzilgan jamoa deyishga urinmoqda. Farruh Sayfiev, Eldor Suyunov, Odil Hamrobekov, Sanjar Quvvatov, Sardor Rashidov, Aziz Turg'unboev va Doston Hamdamov kabi futbolchilar qonida allaqachon "sherlar" qoni oqyapti. Ular aynan bizning jamoaga kelib yanada o'sdilar. "Paxtakor" ruhiyati ularning, keyinchalik MTJning asosiy tarkib o'yinchilaridan biriga aylanishlariga turtki bo'ldi. Bu futbolchilar akademiyadan chiqayotgan yosh avlodga o'zlarining boy tajribalarini o'rgatyaptilar. CHeran kabi legionerga, menimcha, O'zbekistondagi istalgan klub muhtoj. Bugun qaydnomadan 11 nafar futbolchi o'rin olgan bo'lsa, maqsadimiz yana ikki yildan keyin ular sonini 15-16 nafarga chiqarish. Bu borada U-21, U-19 va akademiyaning qolgan yoshlariga homiylar yordamida etiborni keskin oshirganmiz. 

Maksim SHackix haqida:

- Uning yaxshi jihatlaridan biri, klub akademiyasi tarbiyalanuvchilarining xizmatlaridan foydalanayotgani. Aslida har qanday rivojlanayotgan klub, avvalo, o'z akademiyasiga etiborni qaratish kerak.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика