Dilmurod SHavkatov: "CHempionlik uchun imkoniyatimizni yo'qotganimiz yo'q"
20 jan 2022 20:16
Yangiliklar
Dilmurod SHavkatov: "CHempionlik uchun imkoniyatimizni yo'qotganimiz yo'q"
Uchrashuvdan keyin "temiryo'lchilar" futzalchisi Dilmurod SHavkatovning fikrlariga quloq tutdik.
"Bugungi o'yin juda qiyin kechdi. "Dinamo"ga qarshi o'yinda ham juda ko'p kuch yo'qotdik. Bu ham o'z tasirini o'tkazdi. Zarafshonliklar bilan o'yinda omad ham kelmadi. Mag'lubiyatimizga shu jihatlar sabab bo'ldi. Raqibni mensimadik deya olmayman. Kimga qarshi o'ynashimizdan qatiy nazar doimo raqiblarimizni hurmat qilgan holda maydonga tushamiz.
"Dinamo" bilan o'yinda hushyorlikni yo'qotdik. Bundan esa samarqandliklar unumli foydalanib ketishdi va yakunda durang o'ynadik.
Garchi ketma-ket o'yinlarda ochko yo'qotganimizga qaramay, chempionlik uchun kurashdan chiqdik deb o'ylamayman, chunki oldinda o'yinlar ko'p. Vaziyatni o'nglash imkoniyatimiz bor. Oxirigacha kurashishda davom etamiz", – dedi SHavkatov.
Fikrlar