Diego Simeonening o'g'li "Liverpul"ga gol urgach, yig'lab yubordi
08 sen 2022 21:49
Yangiliklar
Diego Simeonening o'g'li "Liverpul"ga gol urgach, yig'lab yubordi
Diego Simeonening o'g'li Jovanni Simeone Evropa CHempionlar ligasidagi debyut golini urgach, ko'zyoshlarini tiyib tura olmadi.
Neapolliklar birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. SHularning uchinchisi argentinalik futbolchiga tegishli bo'ldi.
"Liverpul"ga qarshi bahs 27 yoshli hujumchining Evropa CHempionlar ligasidagi birinchi o'yini edi hamda ushbu to'qnashuvda u dastlabki golini urishga muvaffaq bo'ldi.
Keyinchalik Simeone o'yin haqida shunday fikr bildirdi: "Men bir lahza bo'lsa-da, CHempionlar ligasida o'ynashni orzu qilardim. Bugun menga shunday imkoniyat taqdim etildi va men bunday foydalandim".
Fikrlar