Diego Simeone nega Luis Suaresning golidan so'ng kulib yubordi?
01 fev 2021 14:11
Yangiliklar


Diego Simeone nega Luis Suaresning golidan so'ng kulib yubordi?
Kecha "Atletiko" mehmonda La Liga doirasidagi "Kadis" (4:2)ga qarshi o'yinda g'alaba qozondi.
O'yinning 28-daqiqasida madridliklar hujumchisi Luis Suares jarima to'pini golga aylantirdi. Goldan so'ng "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone quvonchini yashira olmadi.
"Biz so'nggi mashg'ulotlarda Joau, Lemar va Suaraes bilan jarima zarbalarini mashq qildik. Biz "Atletiko" anchadan buyon jarimadan to'g'ridan-to'g'ri gol urmayotganini muhokama qildik.
Luis jarima to'pidan gol urganini aytdi, ammo men buni ko'rmaganimni aytdim. Aynan shu sabab biz hammamiz bu ajoyib zarbadan so'ng kulib yubordik", - deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, etakchi "Atletiko" "Barsa" va "Real"dan 10 ochko oldinda va bitta zaxira o'yiniga ega.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar