

Dastlab, ilk o'yin madridliklarning uy stadioni "Vanda Metropolitano"da bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi, ammo Angliyadagi koronavirus bilan bog'liq vaziyatlar sabab o'yin Buxarestga ko'chirildi.
Eng qizig'i, javob o'yini "Stemford Brij"da o'tkaziladi va bu ingliz klubiga yordam beradi. Diego Simeonega ham bu haqda savol berildi.
"Men bu haqda [o'yin o'tadigan joy] fikr bildirish muhim emas deb o'ylayman, chunki biz aytadigan fikr haqiqatga ta’sir qilmaydi.
Ijtimoiy nuqtayi nazaridan global masshtabda qiyin vaqtlarda yashayapmiz.
Tayyorlanamiz va boridan huzur olamiz. Istalgan joyda va johlagan paytda o'ynaymiz, muammo yo'q".



