Diego Kosta sakkizta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
11 apr 2019 11:27
Yangiliklar


Diego Kosta sakkizta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Malumotlarga ko'ra, forvard "Barselona"ga qarshi LaLiganing 32-tur uchrashuvida (0:2) ishlagan hakam Xesus Xil Mansanoni haqorat qilgani uchun sakkizta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Kosta referini haqorat qilgani uchun Kosta uchrashuv paytida chetlatilgan edi. Mansano o'zining hisobotida, futbolchi uning onasini so'kkanini yozgan. Diego Kosta bu ayblovlarni tan olmadi. Uning aybi to'liq isbotlandi, chunki futbolchi aytgan so'zlar hakam mikrofonida eshitilgan.
Oldinroq, "matraschilar" rahbariyati futbolchini yozda sotib yuborishni o'ylab ko'rayotgani elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar