Dibala: "Terma jamoadagi birinchi uchrashuvimda qizil kartochka olganimdan so'ng, Messi meni tinchlantirdi"
04 sen 2016 13:14
Yangiliklar
Dibala: "Terma jamoadagi birinchi uchrashuvimda qizil kartochka olganimdan so'ng, Messi meni tinchlantirdi"
Urugvayga qarshi bahsda chetlatilgan Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala, "albiseleste" safidagi ilk uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Avval hech qachon Lionel Messi bilan o'ynamaganman. Bu mening orzuim edi va buni amalga oshirdim. CHetlatilganimda, u meni tinchlantirdi. Leo menga xotirjam bo'lishni, bunday voqealar yuz berib turishini, ushbu vaziyatda men xato qilmaganimni va hakam xaddan tashqari jiddiy ekanligini aytdi.
Juda xafa bo'ldim, chunki bu men uchun o'zgacha kun edi.
Agar Messi bilan CHempionlar ligasida uchrashganimda uning futbolkasini so'ragan bo'lardim, ammo buni terma jamoada bajara olmayman - chunki u mening jamoadoshim" - deydi Dibala.
Fikrlar