Dibala haqidagi xabar rad etildi
30 apr 2020 20:05
Yangiliklar


Dibala haqidagi xabar rad etildi
“Yuventus” azosi Paulo Dibalaning bo'lajak rafiqasi Oriana Sabatini futbolchining koronavirusga topshirgan to'rtinchi testi ham ijobiy chiqqani haqidagi xabarni inkor qildi.
“Pauloning testi ijobiy chiqmagan. Natijalarni biroz kutish kerak. Bilmadim, qaerdan bunday malumot tarqalib ketdi, bizdan emasligi aniq.
Mening testim esa salbiy (hech narsa aniqlanmadi) chiqqan. Hozircha bizda malumotlar yo'q, shu tufayli nimadir deb aytishga shoshilmaymiz”, deydi Sabatini.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi 21 mart kuni COVID-19 infekciyasini yuqtirib olgani xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar